OPPO Reno17: Pro versiyada 200 MP kamera böladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
8 000 mA/soatgaça batareya bölişi mumkin
Foto: Gizmochina

OPPO kompaniyasi 16-noyabr kuni Xitoyda Reno17 va Reno17 Pro smartfonlarini taqdim etadi. Yangi qurilmalar bilan birga Pad Air 6 planşeti va Watç 5 aqlli soati ham namoyiş qilinişi kutilmoqda. Pro modelida 200 MP asosiy kamera, ikkala telefonda esa ColorOS 17 operatsion tizimi bölişi tasdiqlangan.

Xitoyning OPPO kompaniyasi Reno17 turkumidagi yangi smartfonlarini 16-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da rasman namoyiş etadi. Bu haqda OPPO rasmiy taqdimot sahifasi orqali e’lon qilingan.

Yangi turkum Reno17 va Reno17 Pro modellaridan iborat böladi. OPPO ularni yangi dizayn, takomillaştirilgan kamera imkoniyatlari va ColorOS 17 tizimi bilan taqdim etmoqda.

Reno17 Pro 200 MP kamera bilan çiqadi

Kompaniya oldindan e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, Reno17 Pro modelining asosiy kamerasi 200 megapikselli böladi. Smartfon 1,5K aniqlikdagi displey bilan jihozlanadi. OPPO kamera tizimi barça fokus masofalarida soniyasiga 60 kadr tezlikda 4K video yozişni qöllab-quvvatlaşini ham bildirgan.

Oddiy Reno17 modelida esa Qualcomm Snapdragon 7 Gen 4 protsessori işlatiladi. Reno17 Pro MediaTek Dimensity 8550 Super çipiga ega böladi. Har ikki model ColorOS 17 operatsion tizimida işlaydi.

Reno17 seriyasining alohida jihatlaridan biri – OPPO Bubble deb nomlangan magnitli selfie ekrani. U telefonning orqa tomoniga biriktiriladigan kiçik AMOLED displey bölib, asosiy kamera yordamida selfi olişda vizor vazifasini bajaradi. Aksessuar orqali suratga tuşiş jarayonini kuzatiş, şuningdek, ayrim tasvir va animatsiyalarni körsatiş mumkin.

8 000 mA/soatgaça batareya bölişi mumkin

Yangi smartfonlarning ayrim texnik xususiyatlari taqdimot oldidan internetda tarqaldi. 91mobiles va India Today naşrlari Weibödagi Digital Chat Station taxallusli insayder ma’lumotlariga tayanib, Reno17 modelida 6,56 dyuymli, 1,5K aniqlikdagi displey va 8 000 mA/soat batareya bölişi mumkinligini yozdi. Qurilma 80 vattli simli quvvatlaşni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.

Reno17 Pro esa 6,32 dyuymli displey va 7 200 mA/soat siğimli batareya bilan çiqişi mumkin. Unda ham 80 vattli quvvatlaş texnologiyasi bölişi aytilmoqda.
Kameralar böyiça tarqalgan ma’lumotlarga köra, oddiy Reno17 uçta 50 megapikselli orqa kameraga ega bölişi mumkin. Ular asosiy, ultra keng burçakli va 3,5 karra optik yaqinlaştiriş imkoniyatiga ega periskop modullaridan iborat bölişi kutilmoqda. Pro versiyasida esa 200 MP asosiy kamera bilan birga 50 MP ultra keng burçakli va 50 MP periskop kamera bölişi aytilmoqda.

Uşbu batareya, displey va kamera konfiguratsiyalarining ayrimlari hozirça sizdirilgan ma’lumotlardir. Ularni kompaniya rasman tasdiqlagan texnik xususiyatlar sifatida qabul qilmaslik kerak.

Yangi smartfonlar bilan birga planşet va soat ham taqdim etiladi

OPPO Reno17 seriyasi bilan birga Pad Air 6 planşeti va Watç 5 aqlli soatini ham namoyiş etişni rejalaştirgan. Kompaniya uşbu qurilmalarni birgalikda taqdimot sahifasida e’lon qilgan.

Reno17 turkumi uçun törtta rang varianti – Encounter Cat, Ice Moon White, Cocoa Brown va First Snow White körsatilgan. Ayniqsa, Encounter Cat talqinida orqa paneldagi muşuk tasviri uç ölçamli köriniş beruvçi dizayn bilan işlangan.

Hozirça kompaniya yangi smartfonlarning yakuniy narxlari va xalqaro bozorlarda sotuvga çiqiş sanalarini e’lon qilmagan. Xitoydagi taqdimotdan söng uşbu ma’lumotlar ham aniqlaşişi kutilmoqda.

Avvalroq Tilta kompaniyasi Oppo Find X10 Pro Max smartfoni uçun möljallangan Khronos Creator Kit aksessuarlar töplamini taqdim etgandi.

Shuningdek