Bitkoin narxi tuşib ketdi: treyderlar 2 mlrd dollar yöqotdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bir sutkada qariyb $2 mlrdlik pozitsiyalar yopildi
Foto: ValueWalk

Bitkoin narxi dam oliş kunlari keskin pasayib, 62,1 ming dollargaça tuşdi. Bu iyul oyidan beri qayd etilgan eng past körsatkiç böldi. Kriptovalyuta bozorida bir sutka içida qariyb $2 mlrdlik savdo pozitsiyalari majburiy yopildi.

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta Bitkoin narxi 15-noyabr kuni Osiyo savdolarida $62 112 gaça pasaydi. Bu 2026-yil 14-iyuldan beri eng past daraja hisoblanadi. Bloomberg ma’lumotlariga köra, Bitkoin AQŞdagi savdolarda 5,7 foizga arzonlaşgan, keyingi kuni esa pasayiş yana davom etgan.

16-noyabr kuni kriptovalyuta biroz tiklanib, $64 – 65 ming atrofida savdo qilindi. 16-noyabr kuni soat 08:27 GMT holatida Bitkoin $64 485 ni taşkil etgan.

Bir sutkada qariyb $2 mlrdlik pozitsiyalar yopildi

Bitkoin narxining pasayişi kriptovalyuta bozorida yirik likvidatsiyalarni keltirib çiqardi. CoinGlass ma’lumotlariga köra, 15-noyabr kuni yakunlangan 24 soat davomida birjalarda qariyb 2 mlrd dollarlik savdo pozitsiyalari majburiy yopilgan.

Ularning $774 mlni Bitcoin, $488 mlni esa Ethereum bilan boğliq pozitsiyalarga töğri kelgan. Asosiy zarar narx kötarilişiga pul tikkan treyderlar – long pozitsiyalar egalari hissasiga tuşgan.

GSR kriptovalyuta market-meykeri hammuassisi Riç Rosenblumning ta’kidlaşiça, Bitkoinning 200 kunlik örtaça narx körsatkiçidan pastga tuşişi likvidatsiyalar va narx yanada pasayişiga tikilgan yangi pozitsiyalarni kuçaytirgan.

Bitcoin nega arzonlaşmoqda

Bloomberg tahliliga köra, kriptovalyuta bozoridagi pasayişga bir neçta omil ta’sir qilmoqda. Ular orasida AQŞ Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini oşirişi mumkinligi haqidagi kutilmalar, Bitkoin ETF fondlaridan mablağlarning çiqib ketişi va investorlarning xavfli aktivlarga qiziqişi susayişi bor.

30-oktabrdan 13-noyabrgaça AQŞda röyxatdan ötgan spot Bitkoin ETF fondlaridan qariyb $3 mlrd sof mablağ çiqib ketgan.

Bundan taşqari, sun’iy intellekt kompaniyalariga investitsiyalar ortişi ham investorlar kapitali uçun raqobatni kuçaytirmoqda. DACM investitsiya kompaniyasi rahbari Riçard Galvinning fikriça, Anthropic kompaniyasining kutilayotgan IPO jarayoni ham ayrim investorlarning mablağlarini kriptovalyutadan boşqa aktivlarga yönaltirişiga sabab bölişi mumkin.

Bloomberg ma’lumotlariga köra, Bitkoin 21-oktyabrdan buyon taxminan 25 foiz qiymatini yöqotgan. Uning 2026-yildagi eng past narxi esa 1-iyul kuni qayd etilgan $57 742 bölib qolmoqda.

Eslatib ötamiz, bitkoin narxi 5-noyabr kungi savdolarda $76 mingdan pastga tuşgandi.

Shuningdek