17-noyabr kuni Yerda qisqa magnit böron kuzatilişi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mutaxassislar yaqin 2-3 kunda Quyoşdagi çaqnaşlar deyarli töxtaşi mumkinligini aytmoqda
Foto: depositphotos.com

2026-yil 17-noyabr kuni Yerda qisqa muddatli va kuçsiz magnit böron kuzatilişi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyoş astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Magnit böron ehtimoli 56% deb baholandi

Olimlarga köra, Yer 17-noyabr kuni Quyoşdagi kiçik toj teşigidan kelayotgan bezovta quyoş şamoli oqimi ta’siriga kirişi mumkin. Hisob-kitoblarga köra, kuçsiz magnit böron yuz beriş ehtimoli 56%, geomagnit faollikning bezovta darajaga çiqiş ehtimoli esa 35% ni taşkil etadi.

Vaziyat tinç qolişi ehtimoli 9% deb baholangan. Agar magnit böron yuz bersa, u uzoq davom etmasligi kutilmoqda.

Quyoş faolligi pasaymoqda

Laboratoriya ma’lumotiga köra, Quyoşdagi çaqnaş faolligi keskin kamaygan. Joriy yil 15-noyabr kuni 4 ta kuçsiz çaqnaş qayd etilgan, 16-noyabr tongida esa yana bittasi kuzatilgan.

Mutaxassislar yaqin 2-3 kun içida çaqnaş faolligi deyarli nol darajasiga tuşişi mumkinligini prognoz qilmoqda. Yerning magnit maydoni esa 8 kundan beri tinç holatda bölib kelmoqda. 17-noyabr kuni bu davr qisqa muddatga uzilişi mumkin.

Odatda magnit böronlar ayrim odamlarda boş oğriği, holsizlik, uyqu buzilişi yoki qon bosimining özgarişi kabi holatlar bilan boğlanadi. Biroq bu ta’sirlarning inson salomatligiga bevosita va barqaror ta’siri ilmiy jihatdan töliq tasdiqlanmagan.

Avvalroq joriy yil 5-oktabr kuni quyoşda juda kuçli portlaş qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek