Portugaliya Ronaldu ketganidan keyin 7-raqamni yangiladi

eʼlon qilindi
7-raqam yangiça körinişda namoyiş etildi
Foto: Portugaliya terma jamoasi

Portugaliya futbol federatsiyasi Kriştianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan söng 7-raqamning yangi dizaynini taqdim etdi. Federatsiya bu raqamning afsonaviy hujumçi bilan boğliq tarixiy ahamiyati saqlanib qolişini ta’kidladi. Portugaliya terma jamoasi Kriştianu Ronaldu uzoq yillar davomida kiyib kelgan 7-raqamni yangiça körinişda namoyiş etdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Federatsiya e’lonida yangi 7-raqam taqdim etilgan bölsa-da, Ronalduning merosi alohida e’tirof etildi.

«Yangi yettini joriy etiş vaqti keldi. Axir abadiy qoladigan bittasi bor», – deyiladi Portugaliya terma jamoasining postida.

Ronaldu libosi bilan maydonga çiqişdi

Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan keyin Portugaliya 14-noyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Daniya bilan uçraşdi. Bahsda portugaliyaliklar 1:4 hisobida mağlub böldi.

Uçraşuv boşlanişidan oldin Portugaliya futbolçilari maydonga Ronalduning 7-raqamli libosini kötarib çiqdi. Bu orqali jamoa afsonaviy futbolçining terma jamoadagi xizmatlariga hurmat bajo keltirdi.

Daniya safida Per-Emil Xyoyberg, Rasmus Xoylund ikki marta va Yoakim Andersen gol urdi. Portugaliyaning yagona goliga esa 90+3-daqiqada Bernardu Silva mualliflik qildi.

Avvalroq Ronaldu Portugaliyadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek