Yevropa Wildberries asosçisi Tatyana Kimni qora röyxatga kiritdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning eng yirik onlayn savdo platformalaridan biri – Wildberries asosçisi va rahbari Tatyana Kimga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro 16-noyabr kuni ma’lum qildi.
Yangi çeklovlar Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatiga kiritilgan jami 145 ta şaxs va taşkilotga taalluqli. Kim bilan birga Sankt-Peterburgdagi neft terminaliga ham çeklovlar qöllanadi.
Yevropa Ittifoqi Wildberries faoliyatini nimada ayblamoqda
Sanksiyalar loyihasida Wildberries Rossiya harbiylari uçun ta’minot tarmoği sifatida faoliyat yuritayotgani qayd etilgan. Hujjatda platforma orqali harbiy va ikki maqsadda foydalaniş mumkin bölgan mahsulotlar savdosi amalga oşirilayotgani ta’kidlangan.
Şuningdek, kompaniyaning Rossiya davlatiga tegişli VTB banki bilan strategik hamkorligi ham sanksiyalar uçun asoslardan biri sifatida körsatilgan. Mazkur bankning özi ham Yevropa Ittifoqi çeklovlari ostida.
Wildberries va Rossiya hukumati kompaniya armiyaga mahsulot yetkazib berişini rad etadi. Şu sababli bu holat Yevropa Ittifoqining sanksiyalar hujjatida keltirilgan ayblov sifatida bayon qilinmoqda.
Tatyana Kim kim
Tatyana Kim 1975-yilda Grozniy şahrida tuğilgan. U 2004-yilda Wildberries kompaniyasiga asos solgan. Dastlab internet orqali kiyim-keçak sotiş bilan şuğullangan platforma keyinçalik Rossiyaning eng yirik elektron savdo xizmatlaridan biriga aylangan.
Kim Rossiyaning eng boy ayoli sifatida ham tilga olinadi. RFE/RL ma’lumotiga köra, uning boyligi qariyb $8 mlrdga baholanadi.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalari Kimning ittifoq hududidagi aktivlarini muzlatiş va unga Yevropa mamlakatlariga kirişni taqiqlaşni nazarda tutadi.
Avvalroq Wildberries asosçisi va RWB rahbari Tatyana Kimning boyligi bir yil içida $7,1 mlrddan $5 mlrdgaça kamaygandi.