Soliq böyiça takliflar uçun maxsus bot işga tuşirildi

eʼlon qilindi
Takliflar normativ hujjatlarda hisobga olinişi mumkin
Boylar uçun yuqori soliq stavkasi joriy etilishi mumkin
Foto: depositphotos

Özbekistonda soliq ma’muriyatçiligini soddalaştiriş va raqamlaştiriş böyiça aholi hamda tadbirkorlarning takliflarini yiğiş uçun maxsus Telegram-bot işga tuşirildi. Bu haqda Soliq qömitasi ma’lum qildi.

«Soliq böyiça takliflar» nomli @soliqtaklif_bot orqali soliq majburiyatlarini bajarişda yuzaga kelayotgan muammolar, xizmatlarni yaxşilaş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça takliflar yuboriş mumkin.

Şuningdek, bot orqali soliq tizimida inson omilini kamaytiriş va xizmatlarni yanada qulaylaştirişga doir fikrlar ham qabul qilinadi.

Soliq qömitasiga köra, asosli va amaliy ahamiyatga ega takliflar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda inobatga olinadi.

Yangi taşabbus prezident tomonidan belgilangan vazifalar doirasida soliq tizimini yanada şaffof, qulay va sodda qilişga qaratilgan. Buning uçun soliq ma’muriyatçiligini raqamli transformatsiya qiliş böyiça yangi takliflar işlab çiqilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2027-yildan importda QQS tölaşning yangi tartibi joriy etilişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek