Quyoş tizimining çekkasida qadimiy suv zaxirasi bölgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Olimlar kosmik çang zarralarini örgandi
Foto:
nauka.err.ee

Olimlar Yer stratosferasidan yiğilgan kosmik çang zarralarini tahlil qilib, Quyoş tizimining çekka hududlarida qadimda katta suv zaxirasi mavjud bölganiga oid dalillarni aniqladi. Tadqiqotga köra, uşbu suv Kuiper kamari muzli jismlari tarkibidagi gil minerallarining şakllanişida iştirok etgan. Bu haqda Naked Science naşri xabar berdi.

Tadqiqotçilar suv tarkibidagi kislorod izotoplarini örganiş orqali uning xususiyatlarini aniqlaşga harakat qilgan. Tahlillar qadimgi suvdagi kislorod-18 va kislorod-16 izotoplari nisbati hozirgi okean suvidagidan taxminan 15,5 foiz yuqori bölgan bölişi mumkinligini körsatgan.

пояс Койпера
Foto: NASA

Olimlar kosmik çang zarralarini örgandi

Kislorod tabiatda uçta barqaror izotopga ega: kislorod-16, kislorod-17 va kislorod-18. Ularning moddalardagi nisbati uşbu moddalarning qanday şaroitda şakllanganini aniqlaşga yordam beradi.

Masalan, suv minerallar bilan ta’sirlaşganda uning tarkibidagi kislorod atomlarining bir qismi yangi mineral birikmalarga ötadi. Şu sababli minerallardagi izotoplar nisbatini örganiş orqali milliardlab yillar avval ular qanday suv bilan ta’sirlaşganini aniqlaş mumkin.

Bunday tadqiqot uçun Kuiper kamari alohida ahamiyatga ega. Neptun orbitasidan taşqarida joylaşgan uşbu hududda Quyoş tizimi şakllangan davrdan beri nisbatan kam özgargan muzli jismlar mavjud.

AQŞlik sayyoraşunoslar Lindsi Keller boşçiligida NASA kosmik çang katalogidan diametri 10 – 30 mikrometr bölgan 12 ta zarraçani tanlab olgan. Ularning tuzilişi, mineral tarkibi va Quyoşdan keladigan yuqori energiyali zarraçalar qoldirgan mikroskopik izlari örganilgan.

Tahlil natijasida namlangan gil minerallari, asosan, saponit, şuningdek, oz miqdorda serpentin aniqlangan. Bu minerallar suvning boşqa minerallar bilan kimyoviy ta’sirlaşuvi natijasida hosil böladi.

Qadimgi suv Yer okeanlaridagidan farq qilgan

Tadqiqotçilar 12 ta çang zarraçasidagi kislorod izotoplari nisbatini ölçab, köplab meteoritlarda aniqlangan körsatkiçlardan farq qiluvçi izotop izini topgan.

Hisob-kitoblarga köra, qadimgi suvdagi kislorod-18 va kislorod-16 nisbati hozirgi okean suvidagidan taxminan 15,5 foiz yuqori bölgan bölişi mumkin. Biroq olimlar bu körsatkiç bevosita ölçov emas, balki matematik model asosida hisoblangan yuqori çegara ekanini ta’kidlagan.

пылевые частицы
Foto: NASA

Tadqiqotçilarning fikriça, suv zaxirasi Quyoş tizimining dastlabki davrida protoplanetar diskning taşqi qismida şakllangan va uning içki hududlaridan nisbatan ajralgan holda qolgan.

Uşbu tadqiqot dastlabki Quyoş tizimida kislorod izotoplari qanday taqsimlanganini hamda gigant sayyoralar orbitasidan taşqarida qanday kimyoviy jarayonlar keçganini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.

Avvalroq Xitoy boşçiligidagi olimlar jamoasi Yerdan 238 yoruğlik yili uzoqlikdagi K2-155 yulduz tizimi yönalişidan sirli tor diapazonli radio signalni aniqlagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek