Toşkentda Nexia-3 daraxtga urildi: uç kişi halok böldi

eʼlon qilindi
Avtomobilda bölgan ikki yölovçi şifoxonada vafot etgan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toşkentning Çilonzor tumanida Nexia-3 avtomobili daraxtga borib urilişi oqibatida haydovçi va ikki yölovçi vafot etdi. Halokat 16-noyabr kuni tongda Bunyodkor şohköçasida sodir bölgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, hodisa soat 04:50 larda Uztelekom binosi qarşisida yuz bergan. 2008-yilda tuğilgan T.A. boşqaruvidagi Nexia-3 avtomobili haydovçining rul boşqaruvini yöqotişi oqibatida yöl çetidagi daraxtga urilgan.

Dastlabki ma’lumotga köra, YTHga avtomobil rul boşqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bölgan.

Hodisa oqibatida haydovçi va avtomobilda bölgan ikki yölovçi şifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegişli qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirgi kunda Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyati Iştixon tumanida «Epica» rusumli avtomobil temir tösiqqa urilişi oqibatida haydovçi halok bölgandi.

Shuningdek