Qulayotgan bitkoin, Mirziyoyevning Ömonga taşrifi boşlandi — 16-noyabr yangiliklari

Qulayotgan bitkoin, Mirziyoyevning Ömonga taşrifi boşlandi — 16-noyabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Bitkoin nega keskin qulamoqda — izoh
Sönggi 11 kun içida Bitkoin narxi 15,6 foizga pasaydi. Institutsional investorlarning bozordan mablağ olib çiqayotgani, mayning kompaniyalarining yirik sotuvlari va jahon moliya bozorlarida riskli aktivlarga nisbatan ehtiyotkorlikning kuçaygani bunga sabab bölgan. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
AQŞdagi spot Bitkoin ETF’laridan ketma-ket yetti savdo sessiyasi davomida jami $1,91 mlrd mablağ olib çiqilgan.
Dollar «uçmoqda»: 17-noyabr uçun valyutalar kursi e’lon qilindi

17-noyabr uçun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 9,24 sömga oşib, 12 023,61 sömni taşkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank öz saytida e’lon qildi.
Yevro kursida esa tuşiş kuzatildi. Yevropa valyutasi 43,89 sömga tuşib, 13 236,79 söm böldi. Rossiya rubli tuşdi. Rubl kursi 0,65 sömga tuşib, 145,54 sömni taşkil etdi.
Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Ömonga jönab ketdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan joriy yil 16-noyabr kuni davlat taşrifi bilan Ömonga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Taşrif dasturiga köra, Maskatda oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat delegatsiyalari hamda işbilarmon doira vakillari iştirokidagi tadbirlar ötkaziladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjat va bitimlar qabul qilinişi rejalashtirilgan.
Özbekistonda firibgarlar odamlarga 278 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazdi
Özbekistonda 2026-yilning 1-yanvaridan 1-oktabrigaça fuqarolarga nisbatan sodir etilgan firibgarlik holatlari oqibatida 278,3 mlrd sömlik moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Markaziy bankning Yagona platformasi orqali Içki işlar vazirligining «Cardblock» tizimida röyxatga olingan murojaatlar tahlilida ma’lum qilindi.
Tahlilga köra, firibgarlikning eng köp uçraydigan usullaridan biri fuqarolarning telefonlariga zararli dasturlar örnatiş bölgan. Bu orqali 18 830 ta holat qayd etilib, 79,3 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Qozoğistonning Özbekistonga neft eksporti 80 foizga oşdi

2026-yil yanvar – avgust oylarida Qozoğiston Özbekistonga 65,1 ming tonna xom neft va bitumli minerallardan olingan neft mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 80 foizga köp.
Trend hisob-kitoblariga köra, eksport qiymati ham keskin oşgan. Sakkiz oyda Özbekistonga yetkazib berilgan neft qiymati $29,73 mlnni taşkil etdi. Bu ötgan yilgi $13 mln bilan soliştirganda 128,8 foizga köp.
Yevropa Wildberries asosçisi Tatyana Kimni qora röyxatga kiritdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning eng yirik onlayn savdo platformalaridan biri – Wildberries asosçisi va rahbari Tatyana Kimga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro 16-noyabr kuni ma’lum qildi.
Yangi çeklovlar Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatiga kiritilgan jami 145 ta şaxs va taşkilotga taalluqli. Kim bilan birga Sankt-Peterburgdagi neft terminaliga ham çeklovlar qöllanadi.
Ozarbayjon prezidentiga kiberhujum qilindi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga kiberhujumlar uyuştirilmoqda. Bu haqda Ozarbayjon davlat rahbarining matbuot xizmati joriy yil 15-noyabr kuni ma’lum qildi.
Prezidentning rasmiy saytida uning Instagram, YouTube, Facebook va X sahifalariga havolalar joylaştirilgan. Biroq matbuot xizmati kiberhujum aynan qaysi platformadagi akkauntga qaratilganini oçiqlamagan.
Özbekistondagi radarlar tekşirilmoqda

Özbekistondagi foto va video qayd etiş qurilmalari hamda radarlarning işlaşi ustidan nazorat kuçaytirildi. Tekşiruvlar respublikaning barça hududlarida maxsus jihozlangan avtomobillar yordamida olib borilmoqda. Yöl harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xodimlari mamlakat yöllariga örnatilgan radar va kameralarni tekşirişga kirişdi. Bu haqda xizmatning rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Yomğir yoki qor: hafta davomida ob-havo qanday böladi

16 – 20-noyabr kunlari Özbekiston hududining katta qismida, asosan, quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxiriga borib ayrim hududlarda havo harorati me’yordan 8–10 darajaga yuqori bölişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.
17 – 18 va 20-noyabr kunlari mamlakatning şimoliy va çöl hududlarining ayrim joylarida yomğir kuzatilişi ehtimoli bor. Toğli hududlarda esa 18 – 20-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir va qor yoğişi mumkin.