Şavkat Mirziyoyev Ömonda 21 marta töpdan öq uzib kutib olindi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Ömon Sultonligiga bordi. 16-noyabr kuni Maskat şahridagi «Al-A’lam» saroyida davlat rahbarini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Saroyga yaqinlaşganda, Şavkat Mirziyoyev va Ummon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said ötirgan avtomobilni otliq faxriy qorovul kutib oldi va kuzatib bordi.

Özbekiston rahbari şarafiga 21 marta töpdan tantanali öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Şundan söng davlat rahbarlari şohsupaga kötarildi va Özbekiston davlat madhiyasi yangradi.
Marosim davomida ikki mamlakat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlaşdi.

Rasmiy kutib oliş marosimidan keyin «Al-A’lam» saroyida Özbekiston va Ömon delegatsiyalari iştirokida oliy darajadagi uçraşuv boşlandi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti joriy yil 16 – 17-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan Ömonda bölişi haqida xabar berilgan edi.