Namangandagi yaşirin ombordan 23 mingdan ortiq dori topildi

Namangan şahridagi xonadonlardan birida taşkil etilgan yaşirin ombordan qiymati 3,3 mlrd sömdan ortiq bölgan 23 mingdan ziyod dori vositasi topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Xonadonda 156 turdagi dori saqlangan
Ma’lumotga köra, 1996-yilda tuğilgan şaxs öziga tegişli xonadonda yaşirin ombor taşkil etib, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlab kelgan.
DXXning hududiy boşqarmasi Bojxona, Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Yangi Namangan tumanidagi «Mingterak» mahallasida joylaşgan xonadonni közdan keçirgan.
Tekşiruv davomida xorijda işlab çiqarilgan 156 turdagi kamyob dori vositalari aniqlangan. Ularning umumiy soni 23 432 birlikni taşkil etgan.
Dorilar qiymati 3,3 mlrd sömdan oşadi
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, mazkur dorilar mamlakatga noqonuniy olib kirilgan bölib, ularning dastlabki qiymati 3,3 mlrd sömdan ortiq deb baholangan. Kontrafakt ekani gumon qilinayotgan dori vositalari protsessual tartibda olib qöyilgan.
Ularning tarkibi, sifati va xususiyatlarini aniqlaş uçun ekspertiza tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Samarqand va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar savdosiga çek qöyilgani haqida yozgan edi.