Yangi BMW X5 avtomobili sotuvga çiqdi

17-noyabr 2026 08:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: BMW

Yangi avlod BMW X5 avtomobili Rossiyada erkin sotuvga çiqdi. Model Germaniyadagi rasmiy savdolar boşlanişidan oldin mahalliy dilerlarda paydo bölgan.

Germaniyada yangi X5 savdosi 28-noyabrda boşlanişi rejalaştirilgan. Rossiyadan oldin model faqat AQŞ bozorida sotuvga çiqqan — u yerda avtomobil oktabr oxiridan xaridorlarga taklif etilmoqda.

Rossiyada narxi 19 mln rubldan oşadi

Rossiyadagi dilerlar yangi BMW X5’ning bir neça versiyasini sotuvga qöygan. 3,0 litrli, 313 ot kuçiga ega dizel dvigatelli versiyani 19,29 mln rublga (taxminan $233,8 ming) baholangan.

400 ot kuçiga ega benzinli variantni 19,3 mln rublga (taxminan $233,9 ming) taklif qilinmoqda. Bu AQŞ va Yevropadagi narxlardan sezilarli darajada yuqori.

Foto: BMW

AQŞda $78,8 mingdan boşlanadi

AQŞda yangi BMW X5 narxi $78,8 mingdan boşlanadi. Yevropada esa model uçun oldindan buyurtmalar 95,75 ming yevrodan qabul qilinmoqda.

Şu tariqa, Rossiyadagi diler narxlari AQŞ va Yevropadagi boşlanğiç narxlardan bir neça baravar yuqori.

Dizayn butunlay özgargan

Yangi BMW X5 taşqi körinişi avvalgi avloddan keskin farq qiladi. Model BMW’ning yangi Neue Klasse dizayn uslubida yaratilgan. Interyer ham sezilarli darajada yangilangan.

Salondagi asosiy yangiliklardan biri — BMW Panoramic Vision tizimi. U kerakli ma’lumotlarni old oynaning pastki qismi böylab katta maydonda aks ettiradi.

Avvalroq «Kursiv» Yangi BMW iX4 elektromobilini işlab çiqariş boşlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek