Jahon iqtisodiyoti 2027-yilda 2,8 foizga ösadi— Goldman Sachs

Jahon iqtisodiyoti 2027-yilda 2,8 foizga ösişi kutilmoqda. Bu 2026-yil uçun prognoz qilinayotgan 2,7 foizlik ösişdan biroz yuqori. Bu haqda Goldman Sachs Research prognozida aytiladi.
Kompaniya iqtisodçilariga köra, neft va boşqa energiya resurslari narxining pasayişi, şuningdek, sun’iy intellektga katta hajmdagi investitsiyalar global ösişni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, qattiqroq moliyaviy şaroit va davlat xarajatlarining sekinlașişi iqtisodiyotga bosim ötkazişi mumkin.
Brent narxi $78 gaça tuşişi kutilmoqda
Goldman Sachs Research prognoziga köra, Yaqin Şarqdagi neft ta’minoti yangi şaroitlarga moslașgani sari energiya narxlari pasayadi.
Kompaniya strateglari Brent neftining narxi 2027-yil oxiriga borib bir barrel uçun $78 gaça tuşișini kutmoqda. Suyultirilgan tabiiy gaz narxlarida ham pasayiş prognoz qilingan.
Past energiya narxlari 2027-yilda jahon iqtisodiyoti uçun qöllab-quvvatlovçi omilga aylanişi mumkin. Biroq Yevropada avvalgi qimmat energiya xarajatlarining iste’molçilarga keçikib ta’sir qilişi ösişga bosimni saqlab qolişi kutilmoqda.
Sun’iy intellektga investitsiyalar $1,8 trln ga yetişi mumkin
Goldman Sachs sun’iy intellektga sarflanadigan mablağlar ham jahon iqtisodiyotini qöllab-quvvatlașda davom etișini kutmoqda.
Prognozga köra, global sun’iy intellekt investitsiyalari 2026-yildagi $1,1 trln dan 2027-yilda $1,8 trln gaça oşişi mumkin. Bunda AQŞda apparat ta’minotiga sarflanadigan mablağlarning $500 mlrd dan köproqqa oşişi asosiy omillardan biri bölişi kutilmoqda.
Goldman Sachs hisob-kitobiga köra, sun’iy intellektga investitsiyalar 2027-yilda global YIM ösişiga 0,4 foiz punkt, AQŞ iqtisodiyotiga esa 0,6 foiz punkt qöşiși mumkin.
Xitoy iqtisodiyoti 4,5 foizga ösadi
Goldman Sachs Xitoy iqtisodiyoti 2027-yilda 4,5 foizga ösişini prognoz qilmoqda. Bozor konsensusida esa 4,4% lik ösiş kutilmoqda.
Kompaniya bu prognozni Xitoy eksportining kuçli bölib qolişi va savdo profitsitining yana oşişi bilan izohlagan. Shu bilan birga, köçmas mulk bozoridagi muammolar va iste’molning sustligi içki talabni çeklab turişi kutilmoqda.
Asosiy xavflar nimalar
Goldman Sachs bosh iqtisodçisi Yan Xatsius prognozga salbiy ta’sir qilishi mumkin bölgan xavflar saqlanib qolayotganini ta’kidlagan.
Ular qatoriga Erondagi vaziyatning yana keskinlașişi va energiya narxlarining qayta oşişi, katta byudjet taqçilligi sabab uzoq muddatli foiz stavkalarining kötarilişi hamda sun’iy intellektga investitsiyalar kutilganidan kam bölişi kiradi.
Goldman Sachs prognoziga köra, energiya narxlarining pasayişi fonida 2027-yilda inflyatsiya ham sekinlașişi mumkin. AQŞda bazaviy PCE inflyatsiyasi 2026-yil oxiridagi 3,2 foizdan 2027-yil oxirida 2,4 foizgaça tuşişi kutilmoqda.
Xalqaro valyuta jamğarmasi Özbekistondagi iqtisodiy ösiş xavflarini baholagani haqida xabar berilgan edi.