AQŞdagi yirik banklar onlayn xizmatlarida nosozlik kuzatildi

AQŞdagi yirik banklar mijozlari joriy yil 16-noyabr kuni onlayn bank xizmatlaridan foydalanişda muammolarga uçradi. Uzilişning asosiy sababi JPMorgan Chase tizimidagi dasturiy xato bölib, uning ta’siri boşqa banklar bilan amalga oşirilgan ayrim tranzaksiyalarda ham sezilgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Downdetector foydalanuvçilari Chase, Bank of America, U.S. Bank, Wells Fargo va Zelle xizmatlarida muammolar borligi haqida xabar bergan. Ayrim Chase mijozlari esa ilovada xizmatlarning vaqtinça mavjud emasligi haqidagi ogohlantirişni körgan.
Muammo Chase tizimida yuzaga kelgan
JPMorgan Chase vakiliga köra, nosozlik bankning içki apparat tizimida yuzaga kelgan dasturiy xato bilan boğliq. Natijada ayrim tranzaksiyalar odatdagidan uzoqroq vaqt olgan.
Bank mijozlarning hisob raqamlari va mablağlariga kirish imkoniyati saqlanib qolganini, xizmatlarni tiklaş ustida iş olib borilayotganini bildirgan.
Bank of America, Citigroup va boşqa banklarning öz xizmatlarida alohida uziliş kuzatilmagan. Ularning ayrim mijozlari faqat Chase bilan boğliq operatsiyalar vaqtida keçikişlarga duç kelgan bölişi mumkin.
Zelle operatori Early Warning Services ham tölov tizimining özi normal işlaganini, ayrim keçikişlar banklardagi muammolar bilan boğliq ekanini ma’lum qilgan.
Kiberhujum alomati aniqlanmadi
Chase nosozlik kiberhujum oqibati emasligini ma’lum qildi. Bank bu hodisani faqat öz tizimiga tegişli texnik muammo sifatida baholagan.
Bu uziliş AQŞda bir neça kun içida yuz bergan yirik texnik nosozliklar fonida sodir böldi. Bundan oldin Microsoft xizmatlarida global uziliş, AQŞ havo harakatini boşqariş tizimida nosozlik va United Airlines tizimida texnik muammo kuzatilgan. Rasmiylar ularning özaro boğliq ekaniga yoki kiberhujum natijasi bölganiга dalil yo‘qligini bildirgan.
Avvalroq Koreyadagi yirik banklar kiberhujumga uchragani haqida xabar berilgan edi.