Mahrga er bilan birga namoz öqişni söraş mumkinmi

eʼlon qilindi
Mahr moddiy körinişda berilişi kerak
Mahrga er bilan birga namoz öqişni söraş mumkinmi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Nikoh vaqtida mahr belgilanmagan bölsa ham, erning zimmasidan mahr majburiyati tuşmaydi. Ammo mahr evaziga erdan birga namoz öqiş yoki diniy vazifalarni bajarişni talab qiliş töğri emas. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homijon domla Işmatbekov tuşuntiriş berdi.

Domlaning ta’kidlaşiça, erning ma’lum bir ibodatni bajarişi yoki yaxşi amal qilişi mahr sifatida söralmaydi.

Agar er-xotin nikoh paytida mahr haqida bilmagan yoki uni belgilamagan bölsa ham, bu erni mahr beriş majburiyatidan ozod qilmaydi. Şu sabab mahr ayolga moddiy körinişda berilişi kerak.

Mahr belgilanmagan bölsa, «mahri misl» beriladi

Agar nikoh vaqtida mahr miqdori kelişilmagan bölsa, ulamolar ayolga «mahri misl» berilişini aytadi.

Mahri misl — ayolning opa-singillari, amma-xolalari yoki unga öxşaş yaqin ayollarga nikoh vaqtida berilgan mahr miqdorlariga qarab aniqlanadigan örtaça qiymat. Şunga köra, er ana şu qiymatga mos mahrni ayoliga berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda qizlar köpinça mahrga oltin, kvartira yoki xorijiy avtomobil söraşi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek