Maktablarda kamida bittadan sport tögaragi taşkil etiladi

Özbekistonda umumta’lim muassasalarida öquvçilarni sportga jalb etiş tizimi kengaytiriladi. Har bir maktabda yakka kuraş yoki jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan sport tögaragi yölga qöyiladi.
Bu sport sohasini raqamlaştiriş va boşqaruv tizimini takomillaştirişga qaratilgan qarorda belgilandi.
«Maktabdan Sport akademiyasigaça» tizimi joriy etiladi
Qarorga köra, umumta’lim muassasalari huzuridagi sport klublari va tögaraklari tarmoği kengaytiriladi.
Bunda sport maktablari umumta’lim muassasalariga biriktirilib, «maktabdan Sport akademiyasigaça» tamoyili asosida işlaydi.
Maktablarda yakka kuraş va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan sport tögaragi taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, jismoniy tarbiya fani öqituvçilarining faoliyatini rivojlantiriş ham ustuvor yönalişlardan biri etib belgilangan.
Diplom va sertifikatlar QR kod bilan beriladi
2027-yil 1-yanvardan sport musobaqalari ğolib va sovrindorlariga diplom hamda sertifikatlar «ERP sport» tizimi orqali elektron şaklda beriladi.
Uşbu hujjatlarga QR kod joylaştiriladi. Bu sport natijalari va mukofotlarini elektron tarzda tasdiqlaş hamda tekşiriş imkonini beradi.
Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etiladi
Sport vazirligi tizimidagi sport turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etiladi.
Markaz olimpiya sport turlari böyiça terma jamoalarni tayyorlaş tizimini bir markazga jamlaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Özbekiston jahon çempionatida kuçli uçlikdan joy olgani haqida yozgan edi.