Huawei OSTA O1 Pro smartfoni qanday batareya bilan çiqadi

17-noyabr 2026 12:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei OSTA O1 Pro smartfoni qanday batareya bilan çiqadi
Foto: ITHome

Huawei’ning yangi OSTA subbrendi ostidagi ilk smartfon — Huawei OSTA O1 Pro rasmiy taqdimotdan oldin jonli suratlarda körsatildi. Qurilmaning töliq taqdimoti 20-noyabr kuni bölib ötadi.

Ekrani 120 Hz çastotani qöllab-quvvatlaydi

O1 Pro 6,39 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Yon ramkalar qalinligi atigi 1,05 mmni taşkil etadi. Işlab çiqaruvçi ma’lumotiga köra, ekran old panelning 96,1 foiz qismini egallaydi.

Displey 120 Hz yangilaniş çastotasi va 6 500 nitgaça mahalliy maksimal yorqinlikni qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, 2 160 Hz yuqori çastotali PWM xiralaştiriş texnologiyasi va Kunlun himoya oynasi mavjud.

Foto: ITHome

Korpusi atigi 6,68 mm

Smartfon korpusi qalinligi 6,68 mm, oğirligi esa taxminan 203 gramm. Şunga qaramay, içiga 7 000 mA/soat siğimli batareya joylaştirilgan.

Korpus alyuminiy ramka va şişa orqa paneldan tayyorlangan. Orqa tomonda dumaloq kamera bloki joylaşgan.

IP68 va IP69 himoyasi bor

Huawei OSTA O1 Pro çang va suvdan himoyalaniş böyiça IP68 va IP69 standartlariga javob beradi.

Model uç xil rangda taklif qilinadi: gradientli binafşa Starburst Purple, oq Nebula White va qora Starry Black.

Qurilma odatiy smartfonlarga qaraganda kengroq korpusga ega bölib, ekran tomonlari nisbati 16:9,5ni taşkil etadi.

Foto: ITHome

Qutida quvvatlagiç bölmaydi

Smartfon komplektiga şaffof ğilof, USB-C kabeli va SIM-kartani çiqariş uçun moslama kiradi.

Biroq quvvatlaş adapteri qutiga qöşilmaydi.

Huawei OSTA O1 Pröning qolgan texnik xususiyatlari, kamera imkoniyatlari va narxi 20-noyabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Huawei Enjoy 100 Pro Max eng köp sotilgan smartfonga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek