3 mlnga yaqin fuqaro pensiya stajini şakllantirmayapti. Nima qiliş kerak?

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pensiya jamğarmasi iş stajini şakllantiriş yollarini tuşuntirdi
Foto: www.depositphotos.com

Özbekistonda bugungi kunda 2,9 mln nafar fuqaro rözğorda yoki bola parvarişi bilan band bölganligi sababli rasmiy iş bilan band emas hamda iş stajini şakllantirayotgani yöq. Bu haqda Pensiya jamğarmasi Kursiv Uzbekistan tahririyatining rasmiy söroviga javoban ma’lum qildi.

Jamğarma ma’lumotlariga köra, uşbu fuqarolar rasmiy işlamayotgani bois ularning pensiya uçun iş staji şakllanmayapti. Biroq bu ular avval umuman işlamagan yoki heş qanday iş stajiga ega emasligini anglatmaydi.

Jamğarma uşbu ma’lumotlarni ayollarning bola parvarişi tufayli mehnat faoliyatidagi uzilişlari haqidagi savolga javoban keltirgan.

Bu fuqarolar qanday qilib iş stajiga ega bölişi mumkin?

Pensiya jamğarmasi ma’lumotlariga köra, rözğor işlari yoki bola parvarişi bilan band fuqarolarning pensiya huquqlarini şakllantiriş uçun bir qator imkoniyatlar yaratilgan.

Xususan, 2021-yildan fuqarolarga işlamaydigan turmuş örtog‘i uçun ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq tölaş huquqi berilgan. Bu orqali rasmiy işlamayotgan şaxs ham kelajakdagi pensiyasi uçun iş stajini töplaşi mumkin.

Bundan taşqari, prezidentning 2026-yil 28-sentyabrdagi PQ-355-son qaroriga muvofiq, rasmiy iş bilan band bölgan fuqarolarga öz oila a’zolari uçun ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq tölaş va ularning iş stajini şakllantiriş imkoniyati yaratilgan.

Ayollarga tegışli yana bir tartib mavjud. Amaldagi qonunçilikka köra, bola uç yoşga tölguniga qadar uni parvarişlaş ta’tilida bölgan davr pensiya uçun iş stajiga qöşib hisoblanadi. Biroq bunday davrlarning umumiy davomiyligi köpi bilan olti yilni taşkil etişi mumkin.

«Bu mexanizm bola tarbiyasi tufayli mehnat faoliyatidagi uzilişlarning ayollarning pensiya huquqlariga ta’sirini yumşatişga xizmat qiladi», — deya izohladi Pensiya jamğarmasi.

643 mingdan ortiq pensionerning iş staji 14 yilga yetmaydi

Pensiya jamğarmasi tahririyatga taqdim etgan yana bir ma’lumotga köra, hozirda yoşga doir pensiya olayotgan fuqarolarning 643 781 nafari 7–14 yillik iş stajiga ega.

Ularning 173 406 nafari erkaklar, 470 375 nafari esa ayollardir. Şunday qilib, iş staji 7–14 yil bölgan pensionerlarning qariyb 73 foizini ayollar taşkil etmoqda.

«Bu yerda faqat stajning davomiyligini emas, uning nima sababdan töliq şakllanmaganini ham örganish muhim», — deyiladi jamğarma javobida.

Jamğarmaga köra, bunday holatlarning asosiy sabablaridan biri fuqarolarning mehnat faoliyatini rasmiylaştirmaganidir. Xususan, dehqon xöjaliklarida işlaganlar, özini özi band qilganlar, xorijda mehnat qilganlar va rözğor işlari bilan şuğullanganlar şular jumlasidandir.

Natijada fuqarolar amalda mehnat qilgan bölsalar-da, ularning ayrim faoliyat davrlari pensiya uçun iş staji sifatida hisobga olinmagan.

Özini özi band qilganlarning 85,7 foizi ijtimoiy soliq tölamagan

Pensiya huquqlarining yetarli darajada şakllanmasligi özini özi band qilgan fuqarolar orasida ham kuzatilmoqda.

Jamğarma ma’lumotlariga köra, 2025-yilda Özbekistonda 5 mln 999 ming 691 nafar fuqaro özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan. Ulardan 860 205 nafari yoki 14,3 foizi ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq tölab, pensiya uçun iş stajiga ega bölgan.

Bu esa özini özi band qilganlarning 85,7 foizi mazkur tartib orqali iş stajini şakllantirmaganini anglatadi.

«Bu körsatkiç muhim iqtisodiy-ijtimoiy masalani körsatadi: fuqaroning iqtisodiy faol bölişi hali uning pensiya huquqi şakllanayotganini anglatmaydi», — deya ta’kidladi jamğarma.

Jamğarma fikriça, asosiy vazifa fuqarolarni faqat özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötkaziş emas, balki ijtimoiy soliq tölaşni ular uçun qulay va manfaatli qilişdan iborat.

Şu maqsadda özini özi band qilgan fuqarolarga ijtimoiy soliq stavkasini oşirmasdan, kelajakdagi pensiya ta’minotidan taşqari homiladorlik va tuğiş nafaqasi, şuningdek, kasallik davrida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tölaşni ham kafolatlaş taklif etilmoqda.

Yetti yillik iş staji bilan qança fuqaro pensiyaga çiqqan?

Pensiya jamğarmasining yana bir ma’lumotiga köra, 2025-yilda 243 374 nafar fuqaroga yangi yoşga doir pensiya tayinlangan. Ulardan 8 914 nafari aynan yetti yillik iş stajiga ega bölgan.

Hozirgi qonunçilikka köra, yoşga doir pensiya tayinlaş uçun kamida yetti yil iş staji talab etiladi. Biroq pensiya tizimini isloh qiliş doirasida uşbu muddatni bosqiçma-bosqiç 15 yilgaça oşiriş taklifi bildirilgan.

Jamğarma uşbu taklif amalga oşirilsa, 2025-yilda yetti yillik staj bilan pensiyaga çiqqanlar sonini kelgusida özgariş ta’sir qiladigan fuqarolar soniga tenglaştiriş tög‘ri emasligini ta’kidladi.

«Biroq 8 914 nafar — minimal staj özgartirilsa, kelgusida bu özgariş ta’sir qiladigan fuqarolar soni degani emas. Bu faqat 2025-yilda 7 yillik staj bilan yoşga doir pensiya tayinlangan fuqarolar soni», — deyiladi javobda.

Jamğarmaning bildirişiça, eng kam iş stajini oşiriş taklifi hozir pensiya olayotgan fuqarolarga tegışli emas. Özgarişlar kelgusida pensiya yoşiga yetadigan fuqarolar uçun nazarda tutilgan. Taklifga köra, minimal staj har yili bir yildan oşirib borilişi mumkin.

Jamğarma bu orqali fuqarolarni mehnat faoliyatini rasmiylaştirişga rağbatlantiriş va kelgusida yuqoriroq pensiya olişlari uçun şaroit yaratişni maqsad qilgan.

Avval e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2023-yilda yangi pensiya tayinlangan 291 983 nafar fuqaroning 51,3 foizi talab etiladigan töliq iş stajiga ega bölmagan. Uşbu uluş 2024-yilda 54,8 foizni, 2025-yilda esa 61,3 foizni taşkil etgan. Jamğarma buni avvalgi yillardagi norasmiy bandlik va mehnat faoliyatidagi uzilişlar bilan izohlamoqda.

Yoşga doir töliq pensiya tayinlanişi uçun erkaklardan 25 yil, ayollardan esa 20 yil iş staji talab etiladi. Belgilangan muddatdan kam, biroq kamida yetti yillik stajga ega fuqarolarga mavjud stajiga mutanosib ravişda pensiya tayinlanadi.

Fuqarolar pensiyasini oldindan hisoblay oladi

Pensiya jamğarmasi kelgusida pensiya yoşiga yaqinlaşayotgan fuqarolarning iş stajini oldindan tahlil qiliş muhimligini bildirdi. Bu orqali yetarli stajga ega bölmaganlarni oldindan aniqlab, ularga öz pensiya huquqlarini şakllantiriş imkoniyatlari haqida ma’lumot beriş mumkin.

Prezidentning PQ-355-son qaroriga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali fuqarolarga qoşimça imkoniyatlar taqdim etiladi. Ular mehnat faoliyati, kunduzgi oliy ta’lim va harbiy xizmat davrlari haqidagi ma’lumotlarni olişi hamda kelgusida tayinlanadigan pensiya miqdorini oldindan aniqläşi mumkin böladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim asoslar böyiça işdan böşatilgan fuqarolarga belgilangan şartlar asosida muddatidan oldin pensiya tayinlanişi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek