Tatyana Kimga qarşi sanksiyalar kompaniya işiga ta’sir qilmaydi — RWB

Wildberries asosçisi va RWB rahbari Tatyana Kimga nisbatan Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalar kompaniya va uning ekotizimidagi xizmatlar faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda RWB matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Kompaniya izohiga köra, RWB’ning Yevropa Ittifoqi hududida aktivlari yöq va kompaniya YI mamlakatlarida faoliyat yuritmaydi.
«Tatyana Kimga nisbatan Yevropa sanksiyalari RWB va uning ekotizimiga kiruvçi kompaniyalar faoliyatiga ta’sir qilmaydi, çunki kompaniyaning Yevropa Ittifoqida aktivlari yöq va YI mamlakatlarida faoliyat yuritmaydi», — deyiladi RWB izohida.
Matbuot xizmati Wildberries va RWB tarkibidagi boşqa kompaniyalar xizmatlari odatdagi tartibda işlaşda davom etişini ta’kidladi.
«Mijozlarimiz va hamkorlarimiz heç qanday özgarişni sezmaydi», — deya qöşimça qildi kompaniya.
Tatyana Kim Yevropa sanksiyalar röyxatiga kiritilgandi
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Wildberries asosçisi Tatyana Kimga nisbatan sanksiyalar joriy qilgani ma’lum bölgandi.
Sanksiyalar loyihasida Wildberries Rossiya harbiylari uçun ta’minot tarmoği sifatida faoliyat yuritayotgani, platformada harbiy va ikki maqsadda foydalanilişi mumkin bölgan mahsulotlar sotilayotgani qayd etilgan.
Şuningdek, kompaniyaning Rossiya davlatiga tegişli VTB banki bilan strategik hamkorligi ham çeklovlar uçun asoslardan biri sifatida körsatilgan.
Wildberries va Rossiya hukumati kompaniya armiyaga mahsulot yetkazib berişini rad etadi. Yevropa sanksiyalari Tatyana Kimning YI hududidagi aktivlarini muzlatiş va unga ittifoq mamlakatlariga kirişni taqiqlaşni nazarda tutadi.
Avvalroq Wildberries asosçisi va RWB rahbari Tatyana Kimning boyligi bir yil içida $7,1 mlrddan $5 mlrdgaça kamaygandi.