Samarqanddagi YTHda 8-sinf öquvçisi vafot etdi

eʼlon qilindi
Jinoyat işi qözğatildi
Samarqanddagi YTHda 8-sinf öquvçisi vafot etdi
Foto: depositphotos

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan şaxs boşqaruvidagi Lacetti-2 avtomobili yöl-transport hodisasiga uçradi. Hodisa oqibatida 8-sinf öquvçilaridan biri vafot etdi.

Avtomobil daraxtga urilgan

Hodisa 2026-yil 13-noyabr kuni soat 01:30 atrofida Toyloq tumani «Baxşitepa» MFY hududidan ötuvçi 30V-036 avtomobil yölining 3-kilometrida sodir bölgan.

IIB ma’lumotiga köra, voyaga yetmagan haydovçi Lacetti-2 avtomobilini Baxşitepa–Toyloq yönalişida boşqarib ketayotib, yetarli haydovçilik tajribasiga ega bölmagani sabab boşqaruvni yöqotgan. Avtomobil yöl çetidagi tut daraxtiga urilgan.

Jinoyat işi qözğatildi

Viloyat Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi ma’lumotiga köra, avtomobil salonida Toyloq tumanidagi 15-maktabning jami beş nafar 8-sinf öquvçisi bölgan.

Ulardan biri olgan tan jarohatlari sabab tuman markaziy şifoxonasiga olib borilgan va körsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Qolgan tört nafar öquvçining ahvoli yaxşi bölgani sabab ular uyiga javob berilgan. Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Kursiv» Asakada Damas poyezd bilan töqnaşgani haqida yozgan edi.

Shuningdek