«Kapital bozori töğrisida»gi qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Kapital bozori töğrisida»gi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qilib, Senatga yubordi. Hujjat kapital bozorini zamonaviy qonunçilik asosida tartibga soliş, investorlar huquqlarini himoya qiliş va bozor şaffofligini oşirişga qaratilgan.
Qonun loyihasida kapital bozori vositalari turlarini kengaytiriş nazarda tutilgan. Xususan, hosilaviy moliyaviy vositalar, qoplangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiya, sukuk va barqaror rivojlaniş obligatsiyalarini çiqariş hamda ularning bozordagi aylanişini tartibga soluvçi qoidalar belgilanmoqda.
Kliring va kastodial xizmatlar tartibga solinadi
Hujjatda kapital bozorida kliring va kastodial xizmatlarni körsatiş tartibi hamda ularga qöyiladigan talablar belgilangan.
Şuningdek, professional iştirokçilar faoliyatini takomillaştiriş, axborotni oşkor qiliş tartibini kuçaytiriş va nazorat tizimini xalqaro standartlarga moslaştiriş közda tutilgan.
Deputatlarning ta’kidlaşiça, qonunning qabul qilinişi investorlar işonçini oşiriş, mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş hamda korxonalarning uzoq muddatli mablağ oliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq investorlar uçun soliq imtiyozlari 2038-yilgaça uzaytirilişi kutilayotgani xabar qilingandi. ILMA boşqarma boşliği Saulat Toreşov uşbu imtiyozlar muddatli institutsional va xususiy investorlarni kapital bozoriga jalb etişda muhim rağbatlantiruvçi omil bölib xizmat qilişini ta’kidladi.