Nomingizga oçilgan bank kartalarini qanday tekşiriş mumkin — qöllanma

Özbekistonda fuqarolar öz nomiga rasmiylaştirilgan faol bank kartalari haqida ma’lumotni my.gov.uz orqali tekşirişi mumkin. Xizmat orqali plastik kartalardan taşqari bank ilovalari yordamida masofadan oçilgan virtual kartalarni ham köriş imkoni bor. Kursiv Uzbekistan uşbu xizmatdan foydalaniş tartibini sizga oddiy usulda tuşuntiradi.
Yangi imkoniyat fuqaroga nomiga qaysi banklarda karta oçilganini bir joyning özida köriş imkonini beradi. Bu, ayniqsa, uzoq vaqt davomida işlatilmagan yoki özingiz ham bilmagan kartalarni aniqlaş va sizga notaniş kartaning faoliyatini tugatiş uçun juda ham qulay.
Nomimga neçta bank kartasi oçilganini qanday bilaman
Buning uçun my.gov.uz portaliga kiriş kerak. U yerdan «Profil» bölimi ustiga bosiş kerak.

Şunda sizning oldingizda bir qança bölimlar paydo böladi. U yerdan siz «Umumiy ma’lumotlar» qismini, undan keyin esa «Bank kartalari» bölimini tanlaşingiz zarur.


U yerda fuqaroning nomiga rasmiylaştirilgan faol kartalar haqidagi ma’lumotlar körsatiladi.
Xizmat ikki turdagi kartalarni qamrab oladi:
- Özbekistondagi tijorat banklari tomonidan nomga rasmiylaştirilgan faol plastik kartalar;
- turli bank ilovalari orqali masofadan oçilgan virtual kartalar.
Bunda xizmat hozirça faqat Özbekiston hududida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari kartalarini aks ettiradi.
Karta faoliyatini qanday töxtatiş mumkin
Agar my.gov.uz’dagi röyxatda fuqaro özi rasmiylaştirmagan bank kartasini körsa, karta qaysi bank tomonidan çiqarilganini aniqlaş kerak. Portal orqali sizga «Tugatiş» tugmasi ham çiqadi, ammo hozirça bu funksiya faol işlamayapti.

Şu sabab, keyingi bosqiçda bankka murojaat qilib, karta qaçon va qanday tartibda rasmiylaştirilgani haqida ma’lumot oliş mumkin. Agar karta haqiqatan ham fuqaroning özi tomonidan oçilmagan bölsa, bankdan uni bloklaş yoki yopiş böyiça çoralar körişni söraş lozim.
Begona karta
Kursiv Uzbekistan muxbiri öz kartalarini tekşirayotganda, bitta bank tomonidan oçilgan, ammo şu vaqtgaça foydalanilmagan karta haqidagi ma’lumotlarni körib qoldi. Uşbu kartani öçiriş uçun esa hozirça faqatgina bankka murojaat qiliş kerak.

2026-yil 15-iyuldagi prezident qarorida ham fuqarolarga öz nomiga rasmiylaştirilgan bank kartalari haqida ma’lumot oliş va ularni boşqariş imkoniyatlarini Yagona portalda yaratiş belgilangan. Hujjatga köra, bank kartalarini bloklaş yoki yopiş böyiça emitentga ariza yuboriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Xizmat nima uçun kerak
Bank kartalari soni ortib borayotgan bir paytda ularning qaysi biri faol ekani va fuqaro nomiga qanday kartalar rasmiylaştirilganini nazorat qiliş muhim.
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2026-yil 1-oktabr holatida Özbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 79,2 milliontaga yetgan. Şu davrda mamlakatda 459 mingta tölov terminali işlagan. Yanvar-sentyabr oylarida terminallar orqali 517,9 trillion sömlik tölovlar amalga oşirilgan.
Şu sababli fuqaroning öz nomiga oçilgan kartalarni nazorat qilişi moliyaviy hisoblarini tartibga solişning yana bir usuliga aylanmoqda.
Plastik va virtual kartalar ham körinadimi
Ha, körinadi. my.gov.uz ma’lumotiga köra, yangi bölimda nafaqat tijorat banklari tomonidan oçilgan faol plastik kartalar, balki bank ilovalari orqali masofadan rasmiylaştirilgan virtual kartalar ham aks ettiriladi.
Bu ayniqsa bir neçta bank ilovasidan foydalanadigan fuqarolar uçun qulay: turli ilovalardagi kartalarni alohida tekşiriş örniga ular haqidagi ma’lumotni Yagona portal orqali köriş mumkin.
Xizmat hozirça qanday çeklovga ega
My.gov.uz yangi imkoniyat hozirça test sinov rejimida işlayotganini ma’lum qilgan. Şuningdek, tizim faqat Özbekiston hududida faoliyat yurituvçi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi.
Şu sababli portalda karta körinmagani uning mutlaqo mavjud emasligini anglatadi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Zarur hollarda fuqaro bankning özidan ma’lumot olişi mumkin.
Avvalroq Özbekistonda banklar kredit reklamasida qarzni öz vaqtida tölamaslik oqibatlari haqida majburiy ogohlantiriş berişi kerakligi haqida xabar berilgandi.