Xorijiy talabalar kamayişi AQŞni $3 mlrd daromaddan mahrum qildi — Axios

eʼlon qilindi
Xorijiy talabalar AQŞ iqtisodiyotiga $40 mlrd olib kirdi
Xorijiy talabalar kamayişi AQŞni $3 mlrd daromaddan mahrum qildi — Axios
Foto: SI

AQŞ universitetlariga yangi xorijiy talabalarni qabul qiliş 2025/2026 öquv yilida 18 foizga kamaydi. Bu oliygohlarning daromadlari bilan birga mahalliy iqtisodiyot va mehnat bozoriga ham salbiy ta’sir körsatmoqda, deb yozdi Axios.

Institute of International Education ma’lumotlariga köra, AQŞdagi xorijiy talabalar umumiy soni 3 foizga qisqarib, taxminan 1,15 mln kişini taşkil etdi.

Magistratura va boşqa graduate dasturlardagi xorijiy talabalar soni 13 foiz kamaygan. Bakalavriat bosqiçida esa pasayiş atigi 0,3 foizni taşkil etdi. Şu bilan birga, doktorantura dasturlaridagi xorijiy talabalar soni 3 foizga oşgan.

Xorijiy talabalar AQŞ iqtisodiyotiga $40 mlrd olib kirdi

NAFSA — xalqaro ta’lim mutaxassislari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, xorijiy talabalar 2025/2026 öquv yilida AQŞ iqtisodiyotiga qariyb $40 mlrd hissa qöşgan.

Bu nafaqat kontrakt tölovlarini, balki uy-joy ijarasi, oziq-ovqat, transport va boşqa xarajatlarni ham öz içiga oladi. Xorijiy talabalar xarajatlari AQŞda 300 mingdan ortiq iş örnini qöllab-quvvatlagan.

Biroq bu körsatkiç bir yil avvalgiga nisbatan 7 foiz yoki qariyb $3 mlrdga kamaygan. Xorijiy talabalar hisobidan qöllab-quvvatlangan iş örinlari soni ham 46 mingtaga qisqargan. Bu ketma-ket ikkinçi yillik pasayiş böldi. Bungaça körsatkiç uç yil davomida ösib kelgan.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Green Card lotereyasining yangi mavsumi nega keçikayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek