Özbekistonda 40 ta öta xavfli moddani röyxatdan ötkaziş taqiqlandi

eʼlon qilindi
Çegaralarda 155 mingdan ortiq transportlar tekşirildi
Özbekistonda 40 ta öta xavfli moddani röyxatdan ötkaziş taqiqlandi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Özbekistonda inson salomatligi va atrof-muhit uçun öta xavfli hisoblangan 40 ta ta’sir etuvçi moddani röyxatdan ötkaziş taqiqlandi, yana 8 ta moddaga esa çeklovlar belgilandi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisining parlament söroviga bergan javobida ma’lum qilindi.

Şuningdek, mineral öğitlar va ösimliklarni himoya qiliş vositalarining ulgurji hamda çakana savdosi uçun litsenziyalaş tartibi joriy etilgan.

Çegaralarda 155 mingdan ortiq transportlar tekşirildi

2026-yilning ön oyida respublika çegara ötkaziş punktlarida 155 mingdan ortiq transport vositalari fitosanitariya körigidan ötkazilgan.

36 mingdan ziyod holatda mahsulotlardan namunalar olinib, laboratoriya tekşiruvlariga yuborilgan. Bu karantin obyektlarining mamlakatga kirib kelişining oldini olişga qaratilgan.

Şu bilan birga, ayrim çegara punktlarida akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalar, zamonaviy zararsizlantiriş uskunalari va zarur infratuzilma yetişmasligi qayd etildi.

Fitosanitariya nazoratiga sun’iy intellekt joriy etiladi

2026-yilda ösimliklarni himoya qiliş va fitosanitariya sohasidagi uçta ilmiy-amaliy hamda innovatsion loyihaga 3,7 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratilgan.

Şuningdek, fitosanitariya xavflarini oldindan aniqlaş, fermerlarni vaqtida ogohlantiriş va ruxsat beriş jarayonlarini soddalaştiriş uçun sun’iy intellekt yeçimlarini joriy etiş işlari olib borilmoqda.

Qonunçilik palatasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisining javobini ma’lumot uçun qabul qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonada 105 bola zaharlanişi böyiça korxona rahbari va texnologi qamalgandi.

Shuningdek