Markaziy Osiyoda aviayölovchilar soni 2035-yilgacha ikki baravarga oşişi mumkin

Markaziy Osiyoda aviayölovchilar soni kelgusi 10 yil içida qariyb ikki baravarga oşişi mumkin. 2025-yilda mintaqaning 5 davlati aviakompaniyalari 31,7 mln yölovçi taşigan bölsа, 2035-yilga borib bu körsatkiç 59 mln nafarga yaqinlaşiși kutilmoqda. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi.
Aviayölovchilar taşiş hajmi yiliga örtaça 6,4% ga oşmoqda
Prognozga köra, mintaqada aviayölovchilar taşiş hajmi yiliga örtaça 6,4% ga oşib boradi. Sönggi 10 yil davomida esa Markaziy Osiyo aviakompaniyalarining yölovçi taşiş quvvati har yili örtaça 7,7% ga kengaygan.
Şuningdek, kam xarajatli aviakompaniyalar segmenti faol rivojlanmoqda. Mintaqada aviatsiya orqali yuk taşiş hajmi yiliga 335 ming tonnadan oşgan.
Aeroportlarga $5 mlrddan ortiq investitsiya kiritiş rejalaştirilgan

2035-yilgacha Markaziy Osiyo aeroportlari infratuzilmasiga $5 mlrddan ortiq investitsiya kiritiş rejalaştirilmoqda.
Transport vazirligi Havo transporti departamenti boşliği Jamoliddin Nazarov mintaqaning geografik joylaşuvi Yevropa va Osiyo örtasidagi aviatsiya hamda logistika aloqalarini rivojlantiriş uçun katta imkoniyat yaratishini ta’kidladi.
«Bizning asosiy vazifamiz — ana şu tabiiy geografik ustunlikni barqaror tranzit oqimlari va yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirişdir. Şu munosabat bilan barça aviakompaniyalar, lizing kompaniyalari va investorlarni uşbu jarayonda faol iştirok etişga taklif etamiz», — dedi Nazarov.
Özbekistonda hozir 10 dan ortiq mahalliy aviakompaniya faoliyat yuritmoqda. Mamlakat aviaparkidagi havo kemalari soni 110 tadan oşgan va u har yili örtaça 15 ta yangi havo kemasi bilan töldirilmoqda. 2025-yilda Özbekiston aviakompaniyalari 11 mln nafardan ortiq yölovçi taşigan.
Şuningdek, Navoiy aeroportini xalqaro yuk taşiş xabi sifatida rivojlantiriş, Transkaspiy xalqaro transport yölagi doirasida aviatsiya taşuvlarini kengaytiriş hamda havo, temir yöl va avtomobil transportini birlaştirgan multimodal tizimni rivojlantiriş rejalari qayd etildi.
Özbekiston Xitoy va Qozoğiston bilan aviareyslarni oşirişi haqida xabar berilgan edi.