
Özbekistonda haydovçilar yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun töplangan jarima ballarini kamaytiriş yoki bekor qildiriş imkoniyatiga ega. Buning uçun ma’lum muddat davomida qoida buzmaslik yoki ballar notöğri hisoblangan bölsa, tegişli organlarga murojaat qiliş kerak. Jarimani tölaş esa töplangan ballarni kamaytirmaydi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan belgilangan.
Agar haydovçi oxirgi marta jarima bali hisoblangan kundan boşlab olti oy davomida ball beriladigan boşqa qoidabuzarlik sodir etmasa, uning umumiy hisobidan 2 ball ayriladi. Masalan, haydovçining hisobida 5 ball bölsa va u keyingi olti oy davomida tegişli qoidabuzarliklarni sodir etmasa, ballari 3 taga kamayadi.
Agar töplangan ballar 2 balldan kam bölsa, ular töliq öçiriladi va jarima ballarini hisoblaş davri yangidan boşlanadi.
Bir yil ötgaç jarima ballari öçiriladi
Amaldagi nizomga köra, jarima ballari birinçi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boşlab 12 oy davomida hisoblanadi.
Agar şu muddat içida haydovçining umumiy ballari 12 ballga yetmasa, ular keyingi hisoblaş davriga ötkazilmaydi. Ya’ni ballar hisobi yangidan boşlanadi.
Şuningdek, 12 oy davomida yöl harakati qoidalarini umuman buzmagan haydovçilarga alohida rağbatlantiriş çorasi ham mavjud.
Bunday haydovçi keyingi hisoblaş davrida birinçi marta qoidabuzarlik sodir etsa, unga birinçi jarima bali hisoblanmaydi. Biroq bu imtiyoz pul jarimasidan ozod etmaydi.
Notöğri hisoblangan ballarni qanday bekor qildiriş mumkin
Jarima ballari texnik xatolik sababli yoki qonunçilikda belgilangan tartib buzilgan holda hisoblangan bölsa, haydovçi Yöl harakati xavfsizligi xizmatining tegişli bölinmasiga murojaat qilişi mumkin.
Şuningdek, qoidabuzarlikni avtomobil egasi emas, boşqa haydovçi sodir etgan bölsa, tegişli hujjatlar asosida qarorni qayta körib çiqişni söraş mumkin. Haydovçi qabul qilingan qarordan norozi bölsa, yuqori turuvçi organga yoki sudga şikoyat qiliş huquqiga ega.
Agar sud ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni bekor qilsa va haydovçini javobgarlikdan ozod etsa, şu qoidabuzarlik uçun hisoblangan ballar avtomatik ravişda öçiriladi.
Jarima ballari 12 balldan oşsa nima böladi
Qonunçilikka köra, bir yil davomida töplangan jarima ballari 8 ballga yetganda haydovçining mobil telefoniga ogohlantiruvçi SMS yuboriladi.
Agar umumiy ballar 12 balldan oşsa, iş materiallari avtomatik ravişda sudga yuboriladi. Sud qarori bilan haydovçi transport vositasini boşqariş huquqidan kamida olti oyga mahrum qilinişi mumkin. Bunda haydovçilik huquqidan mahrum qiliş avtomatik ravişda emas, sud qarori asosida amalga oşiriladi.
Jarima ballarini qayerdan tekşiriş mumkin
Haydovçilar töplagan jarima ballarini my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali bepul tekşirişi mumkin.
Buning uçun portalga kirib, «Yöl harakati qoidabuzarligi uçun jarima ballari töğrisida ma’lumot» xizmatini tanlaş kerak. Xizmat orqali töplangan ballar va ular bilan boğliq ma’lumotlarni biliş mumkin.
Eslatib ötamiz, 2027-yil 6-yanvardan haydovçilar jarimalari böyiça yangi tartib kuçga kirişi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga köra, yöl harakati qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma, asosan, YHXXning «Ma’muriy amaliyot» elektron tizimi orqali planşet yoki kompyuterda rasmiylaştiriladi.