Özbekistonda Koreya va Fransiyaning yirik banklarining vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi

internationalbanker.com
Markaziy bank 17-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Hana Bank hamda Fransiyaning Societe Generale banklari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan ötkazdi. Ular Özbekiston moliya bozorini örganiş va mahalliy taşkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirişga e’tibor qaratadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki xabar berdi.
Regulyator ma’lumotlariga köra, Hana Bank vakolatxonasi mamlakat moliya bozorini örganiş, davlat organlari va moliya taşkilotlari bilan hamkorlikni kengaytiriş maqsadida taşkil etilgan.
Societe Generale vakolatxonasi esa şu vazifalar bilan birga xususiy sektor bilan ham aloqalarni rivojlantirişni közlaydi. Har ikki bankning vakolatxonalari Özbekistondagi moliya tizimi va biznes muhiti bilan yaqindan tanişiş, mahalliy hamkorlar bilan muloqot örnatiş imkonini beradi.
Hana Bank — Janubiy Koreyaning yirik moliya guruhlaridan biri
Hana Bank Janubiy Koreyaning Hana Financial Group moliyaviy guruhiga kiradi. Bank 2015-yil 1-sentabrda Korea Exchange Bank bilan birlaşgan. Uşbu birlaşuvdan söng u hozirgi nomi ostida faoliyat yurita boşlagan.
Hana Bank jismoniy va yuridik şaxslarga turli bank xizmatlarini körsatadi. Uning faoliyat yönalişlari orasida çakana va korporativ bank xizmatlari, savdoni moliyalaştiriş hamda boşqa moliyaviy xizmatlar bor.
Markaziy bank ma’lumotiga köra, bank dunyoning 27 ta mamlakatida faoliyat yuritadi. Hana Financial Group’ning rasmiy ma’lumotlarida esa 2025-yil oxirida guruhning 27 ta hududda 199 ta xalqaro ofis va filiali bölgani qayd etilgan.
Societe Generale — 160 yildan ortiq tarixga ega bank
Fransiyaning Societe Generale banki 1864-yilda taşkil etilgan. U Yevropadagi yirik bank va moliyaviy xizmatlar guruhlaridan biri hisoblanadi.
Bankning xalqaro faoliyati çakana bank xizmatlari, xususiy bank xizmatlari va suğurta, korporativ hamda institutsional mijozlar uçun moliyaviy yeçimlarni qamrab oladi. Société Générale rasmiy ma’lumotlariga köra, guruh dunyoning 58 ta mamlakatida faoliyat yuritadi va 27 million mijozga xizmat körsatadi.
Societe Generale Özbekiston moliya bozoriga qiziqiş bildirganini avvalroq ham ma’lum qilgan. 2026-yil 22-iyun kuni bank delegatsiyasi Markaziy bank vakillari bilan uçraşgan. Muzokaralarda Özbekistondagi moliyaviy islohotlar, investitsiya muhiti va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Uçraşuvda, şuningdek, valyuta kursi va foiz stavkalari bilan boğliq xatarlarni boşqariş uçun derivativlar bozorini rivojlantiriş masalasi kötarilgan. Societe Generale vakillari uşbu yönalişda öz tajribasi bilan bölişişga tayyorligini bildirgan.
Bank Özbekistondagi ayrim yirik loyihalarni moliyalaştirişda ham qatnaşgan. Jumladan, 2022-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati uçun 1,2 mlrd dollarlik sindikatlangan kreditni taşkil qilişda qatnaşgan. Şuningdek, Sirdaryo viloyatida 1,6 GVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi qurilişi uçun 805 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini birgalikda taqdim etgan.
Avvalroq Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi 2026-yil oktabr oyida ötkazilgan oltita yiğilişda 43 ta masalani körib çiqqandi.