Qor va yomğir yoğadi: 18-noyabr uçun ob-havo prognozi

eʼlon qilindi
Ayrim hududlarda yomğir yoğadi
Qor va yomğir yoğadimi: 16-noyabr uçhun ob-havo prognozi
Foto: Depositphotos

18-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir, toğli joylarda esa qor yoğişi kutilmoqda. Qoraqalpoğiston va Xorazmda keçasi havo harorati 5 daraja sovuqqaça pasayişi mumkin.

Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi. Keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin, kunduzi esa yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 8–10, kunduzi 18–20 daraja iliq böladi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Ayrim hududlarda yomğir yoğadi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçasi hamda ertalab ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçasi 3–8, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir kutilmoqda. Harorat keçasi 7–12, kunduzi esa 15–20 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining asosiy qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Biroq Surxondaryoning ayrim hududlarida keçasi va ertalab yomğir yoğişi mumkin. Harorat 7–12 daraja iliqdan 15–20 daraja iliqqaça böladi.

Xorazm va Qoraqalpoğistonda yoğingarçilik yöq

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi havo harorati 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 7–12 daraja iliq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi, biroq ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin. Keçasi harorat 2–7, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.

Respublikaning toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir va qor yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Harorat keçasi 0–5, kunduzi 9–14 daraja iliq böladi.

Aksariyat hududlarda şarqiy şamol 7–12 m/s tezlikda esişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri 17-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek