Özbekiston va Kanada örtasida viza tartibi yengillaşişi mumkin

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kanadaning Özbekistondagi elçisi Kristofer Daggan bilan uçraşdi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi savdo, investitsiya va işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda viza tartiblarini yengillaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Mirziyoyeva qöşma taşabbuslar Özbekiston va Kanada örtasidagi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişi, fuqarolar uçun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratişiga işonç bildirdi.
Raqamli texnologiyalar böyiça ham muloqot davom etmoqda

17-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov ham Kristofer Daggan bilan uçraşgan. Unda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, startaplar ekotizimi va kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlik istiqbollari körib çiqilgan.
Vazirlik ma’lumotiga köra, hozirda Kanadadan 11 ta kompaniya IT Park rezidenti sifatida röyxatdan ötgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri Saida Mirziyoyeva Parijda Makron bilan yirik iqtisodiy loyihalarni muhokama qilgani haqida yozgan edi.