Toşkentda qarovsiz jonzotlarning nobud bölişi holatlari tekşirilmoqda

eʼlon qilindi
Laboratoriya tekşiruvlarida ölik jonzotlarda yuqumli kasalliklar aniqlanmagan
Foto: animalslifeuz telegram kanali

Toşkentning Çilonzor tumanidagi 5- va 6-mavzelarda nobud bölgan quşlar va tipratikanlar topilgani haqida yangi murojaatlar tarqaldi. Uçtepa tumani hokimligi mazkur holat yuzasidan tekşiruv ötkazilayotganini ma’lum qildi.

Nobud bölgan jonzotlar ariqlardan topilgan

Mahalliy aholining aytişiça, mavzelar hududida ölik quşlar va tipratikanlar, jumladan, ariqlarda ham topilgan. Nobud bölgan tipratikanlardan biri bolalar boğçasi hududida aniqlangani aytilmoqda.

Avvalroq Uçtepa tumanining 26-mavzesida ham itlar, muşuklar va quşlarning nobud bölgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Uçtepada yuqumli kasallik aniqlanmadi

Uçtepa tumanidagi holat yuzasidan mutaxassislar hududni örganib, 4 ta qarovsiz it va 10 ta quş – qarğa, hakka va mayna nobud bölganini aniqlagan. Bu haqda Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça mas’ul idora ma’lum qildi.

Hayvon va quşlar jasadlaridan namunalar olinib, Oziq-ovqat mahsulotlari, veterinariya va fitosanitariya laboratoriyalari majmuasiga yuborilgan. Dastlabki laboratoriya tekşiruvlarida yuqumli kasalliklar qözğatuvçilari aniqlanmagan. Qöşimça tekşiruvlar davom etmoqda. Nobud bölgan hayvonlar jasadlari va yiğilgan qoldiqlar veterinariya-sanitariya talablariga muvofiq utilizatsiya qilingan.

Uçtepa tumani hokimligi vaziyatni örganmoqda

Uçtepa tumani hokimligi ham holat yuzasidan mas’ul xizmatlarga hududni tekşiriş, nobud bölgan hayvon va quşlarni yiğib oliş hamda vaziyatni örganiş böyiça topşiriq berilganini bildirgan.

Hozirça Çilonzordagi va Uçtepadagi holatlar özaro boğliqmi yoki hayvonlarning nobud bölişiga bir xil sabab turtki bölganmi – noma’lum. Uçtepadagi holat böyicha esa qöşimça laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda.

Avvalroq Toşkentda qarovsiz hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek