Özbekiston Mehnat kodeksida iş joyidagi şahvoniy şilqimlik taqiqlandi

Özbekistonda mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlik qiliş taqiqlandi. Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunçilikka implementatsiya qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimça kiritiş töğrisida qonun qabul qilindi.
Unga köra, iş beruvçi mehnat jamoasida şahvoniy şilqimlikdan xoli muhit yaratiş uçun barça zarur çoralarni körişi şart.
Qanday harakatlar şahvoniy şilqimlik hisoblanadi
Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi normada şahvoniy şilqimlik deganda şaxs uçun nomaqbul bölgan va uning şa’ni hamda qadr-qimmatini tahqirlaydigan şahvoniy xususiyatga ega harakatlar tuşunilişi belgilandi. Bular taşqi qiyofa yoki qaddi-qomatni tavsiflaş, imo-işora, teginiş va çaqiriş kabi harakatlarda ifodalanişi mumkin.
Şuningdek, Mehnat kodeksining kamsitişni taqiqlovçi normalari ham kengaytirildi. Endilikda teri rangi yoki siyosiy qaraşlariga qarab töğridan töğri yoxud bilvosita çeklov örnatiş yoki ustunlik beriş ham kamsitiş sifatida baholanadi. Qonun xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunçilikka joriy etiş maqsadida qabul qilingan.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-345-son qarori bilan mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini yaratişga qaratilgan tizim joriy etilgan edi. Unga köra, davlat organlari va taşkilotlarida aniqlangan jinsiy yoki jismoniy zöravonlik hamda şahvoniy şilqimlik holatlarini mehnat majburiyatlarini bir marta qöpol buziş sifatida baholaş tavsiya etilgan.
Avvalroq Davlat mehnat inspeksiyasi Mehnat kodeksiga binoan anomal issiq ob-havo şaroitida oçiq hududlarda haşar va ommaviy mehnat tadbirlarini taşkil etmaslik böyiça ogohlantiriş bilan çiqqani haqida xabar berilgan edi.