Jahon banki Samarqand tibbiyoti uçun 100 mln dollar ajratdi

Jahon banki Samarqand viloyatida tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaş uçun $100 mln imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi. Mablağlar Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordamni yaxşilaşga qaratilgan ŞIFO-1 dasturi doirasida ajratiladi. Dastur viloyatning 4,3 mln nafar aholisiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşirişni nazarda tutadi.
Loyiha doirasida 400 dan ortiq oilaviy poliklinika modernizatsiya qilinadi. Şuningdek, 6,4 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, 1,2 ming nafar oilaviy şifokor va 5 ming nafar hamşira öqitilib, sertifikatlanadi.
Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Naji Benxasinning ta’kidlaşiça, şifokor va hamşiralarni tayyorlaş hamda tibbiy xizmatlarni modernizatsiya qiliş aholining sifatli tibbiy yordamdan foydalanişini yaxşilaydi.
330 ming kişi tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi
Dastur doirasida D-MED milliy raqamli soğliqni saqlaş platformasi ham kengaytiriladi. Unda bemorlarning elektron reyestri va ularning salomatligini kuzatib boriş imkoniyatlari rivojlantiriladi.
Natijada 330 ming nafar katta yoşli fuqaro yurak-qon tomir kasalliklari xavfi böyiça tekşiruvdan ötkaziladi. Yana 250 ming nafar bemorning davolanişi muntazam kuzatib boriladi.
Dasturga jami $525 mln sarflanadi
ŞIFO-1 dasturining umumiy qiymati $525 mlnni taşkil etadi. Şundan $100 mln Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan imtiyozli kredit sifatida ajratiladi. Qolgan $425 mln Özbekiston hukumati mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Dastur Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa mas’ul idoralar tomonidan 2028-yil dekabrigaça amalga oşiriladi.
Jahon banki hisob-kitoblariga köra, loyiha aholi salomatligini yaxşilaş va tibbiyot xodimlarining malakasini oşiriş orqali 28,8 mingga yaqin qoşimça, yaxşiroq haq tölanadigan iş örinlari yaratilişiga yordam berişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Jahon banki bilan yangi hamkorlik dasturini yölga qöyişi haqida xabar berilgandi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026-yil 11-noyabr kuni Antaliyada ötkazilayotgan COP31 sammiti doirasida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Jahon banki örtasidagi strategik şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikdagi loyihalar portfeli hozirda qariyb $16 mlrdga yetgan.