Davlat mulkini sotişdan tuşgan pullar qayerga sarflanadi

eʼlon qilindi
Mahalliy budjetlarga ham pul ajratiladi
Eski shahardagi davlat mulki 68 mlrd so‘mdan auksionga qo‘yildi
Foto: E-auksion

Özbekistonda davlat mulki va yer uçastkalarini xususiylaştirişdan tuşgan mablağlar hududlarni rivojlantiriş, infratuzilmani yaxşilaş va yangi davlat binolarini qurişga yönaltiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka köra, davlat mulkini sotişdan olingan pullar respublika budjeti tarkibidagi maxsus jamğarma orqali taqsimlanadi.

Mablağlar qaysi maqsadlarga sarflanadi

Davlat aktivlarini sotişdan tuşgan mablağlarning bir qismi prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida muayyan loyihalarni moliyalaştirişga ajratiladi.

Xususan, Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi orqali poytaxtdagi yangi loyihalar va infratuzilma obyektlariga mablağ yönaltiriladi.

Şuningdek, davlat idoralarining eski binolarini sotişdan tuşgan pullar hisobidan Yangi Toşkent hududida vazirlik va idoralar uçun zamonaviy ma’muriy binolar quriladi.

Mahalliy budjetlarga ham pul ajratiladi

Yer uçastkalari va maydoni 10 ming kvadrat metrgaça bölgan davlat köçmas mulk obyektlarini sotişdan tuşgan mablağlarning bir qismi tuman va viloyat budjetlariga yönaltiriladi.

Uşbu mablağlar mahalliy hokimliklarga yangi loyihalarni amalga oşiriş, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlaş va infratuzilmani yaxşilaş imkonini beradi.

Bundan taşqari, hokim yordamçilari buyurtmasi asosida elektron savdoga çiqarilgan, maydoni 5 ming kvadrat metrgaça bölgan davlat köçmas mulk obyektlarini sotişdan tuşgan pullar tegişli mahallalardagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etiş jamğarmalariga ötkaziladi.

Agentlikning bildirişiça, xususiylaştirişdan tuşgan mablağlar davlat budjetini töldiriş bilan birga hududlarni rivojlantiriş va mahalliy infratuzilmani yaxşilaşga ham xizmat qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda xususiylaştirişdan tuşum 77,6 trln sömga yetgani haqida xabar berilgandi. Sönggi yillarda yirik davlat aktivlarini xususiy investorlarga sotiş böyiça bir qator bitimlar ham amalga oşirildi. Xususan, Coca-Cola Uzbekistan $252 mln, «Ipoteka-bank» $324 mln evaziga xususiylaştirildi. Samarqand avtomobil zavodidagi 75,2 foizlik davlat uluşi esa $80 mln ga sotildi.

Shuningdek