Bekobod va Hazoraspda noqonuniy dori savdosi aniqlandi

eʼlon qilindi
Tergov harakatlari olib borilmoqda
Bekobod va Hazoraspda noqonuniy dori savdosi aniqlandi
Foto: Departament

Bekobod şahri va Hazorasp tumanida dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi bilan boğliq holatlar aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Bekobod şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida bir şaxs sifati va kelib çiqişini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 100 quti dori vositasini 135 mln sömga sotayotgan vaqtida uşlangan.

Hazoraspda 28 mingdan ortiq dori vositasi sotilayotgandi

Hazorasp tumanida esa boşqa bir şaxs beş turdagi 28 280 dona dori vositasi va 10 500 dona şprisni 65,9 mln sömga sotayotgan vaqtida aniqlangan.

Har ikki holatda ham mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Toşkentda özini «tumangaz» xodimi deb taniştirgan şaxs uşlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek