Yunusobodda qariyb 3,5 mingta xonadon vaqtinça gazdan uzildi

Toşkentning Yunusobod tumanida gaz quvuridan sizib çiqişi sabab xonadonlar vaqtinça tabiiy gaz ta’minotidan uzildi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.
Nosozlik «Uvaysiy» MFY, Yunusobod-19 dahasida joylaşgan diametri 108 mm bölgan örta bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan.
Avariya holatini bartaraf etiş maqsadida 18-noyabr kuni soat 10:40 dan «Uvaysiy», «Yurtobod», «Çoştepa» va «Beğubor» MFYlarida gaz ta’minoti vaqtinça töxtatilgan.
38 ta köp qavatli uy ham gazsiz qoldi
Uziliş 38 ta köp qavatli uydagi 3 200 ta xonadon hamda 280 ta yerli xonadonga ta’sir qilgan. «Hududgaz Poytaxt»ga köra, avariya bartaraf etilgandan söng iste’molçilarga oldindan xabar berilib, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Avvalroq Qoraqalpoğistonda 2,3 mlrd sömlik gaz ballonlari talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.