Enn Xeteuey uçinçi farzandini dunyoga keltirdi

18-noyabr 2026 14:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Enn Xeteuey uçinçi farzandini dunyoga keltirdi
Foto: shutterstock

Amerikalik maşhur aktrisa Enn Xeteuey uçinçi farzandini dunyoga keltirdi. Aktrisa bu haqda hozirça rasman ma’lum qilmagan, biroq u Nyu-Yorkda çaqaloq bilan sayr qilayotgan paytda köriniş bergan.

Bu yil 44 yoşli aktrisa uçun sermahsul böldi. Uning iştirokidagi bir neçta filmlar namoyiş etildi. 30-sentabr kuni bölib ötgan sönggi taqdimotlardan birida Xeteuey homilador holatda köriniş bergandi.

Çaqaloqning jinsi rasman e’lon qilinmadi

Aktrisa Nyu-York köçalaridan birida çaqaloqni maxsus kötarma vositasida olib ketayotgani tasvirga tuşgan. Bolaning boş kiyimidagi puşti bezak sabab muxlislar Xeteuey qiz farzandli bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Şunga qaramay, aktrisaning özi farzand tuğilgani yoki uning jinsi haqida ijtimoiy tarmoqlarda heç qanday rasmiy ma’lumot bermagan.

Oilada yana ikki öğil bor

Enn Xeteuey 2012-yilda prodyuser va zargarlik buyumlari yaratuvçisi Adam Şulman bilan turmuş qurgan. Juftlikning bundan avval ham ikki öğli bor edi. Ularning katta öğli Jonatan 10 yoşda, kiçigi Jek esa 6 yoşda.

Bu yil Xeteuey homiladorlik davridagi kiyiniş uslubi bilan ham köp muhokama qilindi. U turli tadbirlarda homiladorligini yaşirişga urinmay, aksinça, uni ta’kidlab turuvçi liboslarda köriniş berdi.

Avvalroq aktrisaning homiladorligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli miş-mişlar tarqalgan, biroq Xeteuey bunday gaplarga hazil bilan munosabat bildirgan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Jonni Depp iştirokidagi «Ebenezer» AQŞda yetakçilik qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek