Özbekistonda ommaviy tadbirlar uçun xavfsizlik xizmatlari pulli bölişi mumkin

Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkazişda Içki işlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tibbiyot xodimlarining xizmatlari pulli asosda körsatilişi mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining 18-noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qarori loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat hozirça loyiha hisoblanadi va yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Xavfsizlik uçun taşkilotçilar tölaydi
Loyihaga köra, ommaviy tadbirda jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça xizmatlar tadbir taşkilotçisi bilan majburiy şartnoma asosida körsatiladi.
Şartnoma tadbir ötkaziş uçun ruxsatnoma olinganidan keyin, tadbir boşlanişidan kamida 10 iş kuni oldin tuzilişi kerak.
Bir kişi-soat qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizi – amaldagi miqdorda 30,8 ming söm etib belgilanişi taklif qilinmoqda.
Şartnomaning umumiy qiymati esa uşbu summaning 50 foizi, ya’ni 15,4 ming sömni tadbirga jalb qilinadigan xodimlar soni va tadbir davomiyligiga köpaytiriş orqali hisoblanadi.
Masalan, tadbir xavfsizligini ta’minlaş uçun 20 nafar xodim beş soatga jalb qilinsa, xizmat qiymati 1,54 mln sömni taşkil etadi.
Ayrim tadbirlar tölovdan ozod qilinadi
Prezident, Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va Hukumat hujjatlari asosida ötkaziladigan ayrim tadbirlar uçun tölov undirilmaydi.
Şuningdek, köçma sirk tomoşalari, dorbozlar çiqişlari va saylovoldi taşviqoti tadbirlari ham uşbu tölovdan ozod qilinişi közda tutilgan.
Odamlar oqimi dronlar orqali kuzatiladi
Loyiha ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni nazorat qiliş uçun raqamli vositalardan kengroq foydalanişni ham nazarda tutadi.
Xususan, odamlar oqimini kuzatiş, iştirokçilar sonini hisoblaş va tiğizlik tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni oldindan aniqlaş uçun dronlardan foydalaniş taklif qilinmoqda.
2027-yildan boşlab Içki işlar vazirligining «Xavfsiz şahar» platformasiga ulangan e-ommaviy tadbir moduli ham işga tuşirilişi mumkin.
Sud qarori bilan ommaviy tadbirlarga kirişi vaqtinça çeklangan şaxslarning elektron hisobi ham şu tizim orqali yuritiladi.
Çiptalar faqat elektron şaklda sotilişi mumkin
Madaniy, köngiloçar va sport tadbirlariga çiptalarni faqat elektron şaklda sotiş taklif etilmoqda.
Bu çiptalarning belgilangan narxdan qimmat qayta sotilişi, qalbakilaştirilişi va korrupsiya xavfini kamaytirişga qaratilgan.
Oçiq maydon va sayilgohlarda ötkaziladigan tadbirlar bundan mustasno böladi.
Taşkilotçilarga esa ruxsatnoma olmasdan turib tadbir haqida ommaviy axborot vositalari yoki internetda e’lon beriş, reklama tarqatiş va çipta sotiş taqiqlanişi mumkin.
Bepul oziq-ovqat tarqatib odam yiğiş taqiqlanişi mumkin
Loyihada odamlarni ommaviy tadbirga jalb qiliş uçun oziq-ovqat yoki buyumlarni bepul tarqatiş yoxud ularni odatdagidan juda arzon narxda sotiş orqali olomon yiğişga yöl qöymaslik ham közda tutilgan.
Bunday çeklov katta odam oqimi va tiğizlik bilan boğliq xavflarning oldini olişga qaratilgan.
100 kişidan boşlab ommaviy tadbir hisoblanadi
Yangi tartib böyiça 100 va undan ortiq kişi qatnaşadigan tadbirlar ommaviy tadbir deb hisoblanişi taklif qilinmoqda.
Miting va namoyişlar, şuningdek, töylar va boşqa oilaviy marosimlar uşbu tartib doirasiga kiritilmaydi.
Doimiy örindiqlari bölmagan oçiq maydonlarda esa iştirokçilar soni har bir kvadrat metr foydali maydonga köpi bilan bir kişi hisobidan belgilanadi.
500 metr radiusda alkogol savdosi töxtatiladi
Tadbir ötkaziladigan obyektning özida va undan 500 metr radiusda alkogol mahsulotlari savdosini tadbir boşlanişidan kamida ikki soat oldin hamda tadbir davomida töxtatiş taklif qilinmoqda.
Şuningdek, tadbir ötkaziladigan joylardagi videokuzatuv yozuvlarini kamida 30 sutka davomida saqlaş majburiy bölişi mumkin.
Qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasidan ötkazilmoqda va undagi talablar yakuniy hujjatda özgarişi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 18-noyabr kuni Toşkentda harbiylarning bayroq bilan piyoda yurişi ötkazilişi haqida yozgan edi.