Korrupsiyaga qarşi tekşiruvlardan keyin 1,5 mingdan ortiq xodimlar işdan böşatilgan

Özbekistonda 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari tomonidan 5 368 ta xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Buni natijasida 1 565 holatda xodimlar bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qildi.
Tibbiyot tizimida 247 mlrd söm tejalgan
Agentlik ma’lumotiga köra, xodimlarga nisbatan 594 ta jinoiy, 160 ta ma’muriy va 4 604 ta intizomiy jazo qöllangan.
Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlarini qayta körib çiqiş natijasida 247 mlrd söm budjet mablaği tejalgan. Bundan taşqari, 10 mlrd sömlik ortiqça rejalaştirişning oldi olingan. Tejalgan mablağlar şifoxonalarni uskuna va dori-darmonlar bilan ta’minlaşga yönaltirilmoqda.
Quriliş sohasida esa elektron tenderlar orqali ötkazilgan savdolar natijasida qariyb 1,5 trln söm mablağ iqtisod qilingan.
Davlat xaridlarida qariyb 300 mlrd sömlik qonunbuziş holatlari aniqlangan
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining xavf-tahlil markazi davlat xaridlarida 57,5 mlrd sömlik 24 ta xaridda manfaatlar töqnaşuvini aniqlagan. 239,9 mlrd sömlik 90 ta xaridda esa affillanganlik bilan boğliq qonunbuziş holatlarini bartaraf etgan.
Şuningdek, 2026-yilning dastlabki 10 oyida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi aniqlanib, ularning oldi olingan. Yana 1 689 ta mavjud bu kabi holatlar bartaraf etilgan va 322 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Avvalroq Davlat organlari va davlat uluşi 50% va undan yuqori bölgan korxonalarda komplayens hamda korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyati tartibga solingani haqida xabar berilgan edi.