231 fuqaro vafot etdi: Özbekistonda işdagi baxtsiz hodisalar 16 foizga oşdi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida mehnat faoliyati bilan boğliq 771 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 15,9 foizga köp. Hodisalar oqibatida 231 nafar fuqaro vafot etgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Baxtsiz hodisalarda jami 847 nafar fuqaro jabrlangan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 742 nafarni taşkil etgan edi.
Qaysi sohalarda baxtsiz hodisalar köp kuzatilgan
Eng köp baxtsiz hodisa sanoat va işlab çiqariş sohasida qayd etilgan – 259 ta. Quriliş sohasida esa 217 ta baxtsiz hodisa sodir bölgan. Jami hodisalarning qariyb 62 foizi uşbu ikki soha hissasiga töğri kelgan.
Savdo va xizmat körsatiş sohasida 36 ta, transport va logistika sohasida 26 ta, qişloq va suv xöjaligida 23 ta, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar sohasida 23 ta, ta’lim sohasida esa 18 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.
Eng köp baxtsiz hodisa Toşkentda sodir bölgan

Hududlar kesimida eng köp baxtsiz hodisa Toşkent şahrida (155 ta), Toşkent viloyatida (106 ta) va Qaşqadaryo viloyatida (71 ta) qayd etilgan.
Eng kam baxtsiz hodisa Xorazm (20 ta), Jizzax (21 ta) va Surxondaryo (24 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Iş joyida vafot etganlar soni oşdi
2026-yilning ön oyida mehnat faoliyati bilan boğliq 189 ta baxtsiz hodisa ölim bilan yakunlangan. Jami 231 nafar fuqaro hayotdan köz yumgan. Ötgan yilning mos davrida esa 194 nafar fuqaro vafot etgan edi.
Baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlar va tegişli şaxslar foydasiga bir martalik hamda har oylik zarar tölovlari sifatida 16,6 mlrd söm undirib berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq işdagi baxtsiz hodisalarni tekşiriş tartibi belgilangandi. Unga köra, ayrim holatlar mehnat faoliyati bilan boğliq baxtsiz hodisa sifatida tekşirilmaydi va hisobga olinmaydi. Bular tabiiy ölim, öz joniga qasd qiliş, jabrlanuvçining öz soğliğiga qasddan zarar yetkazişi hamda jinoyat sodir etiş vaqtida jarohatlaniş holatlarini öz içiga oladi.