Tramp, Putin va Si Szinpin dunyo taqdirini hal qilmoqçi: parda ortida nima bölmoqda

AQŞ prezidenti Donald Tramp, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin 19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida ilk bor uç tomonlama uçraşuv ötkazişi kutilmoqda. Muzokaralarda yadro qurollarini qisqartiriş, Erondagi uruş, xalqaro savdo va global xavfsizlik masalalari kötarilişi mumkin. Uçraşuv dunyoning uçta yirik yadroviy davlati rahbarlarini bir stol atrofida jamlaşi kerak. Biroq Ukraina masalasi va boşqa mojarolar böyiça kelişuvga erişilişi hozirça noaniq. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uç davlat rahbarlarining uçraşuvi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi – APEC sammiti doirasida taşkil etilmoqda. 18-noyabr kuni boşlangan forum Xitoyning janubidagi Şençjen şahrida ötyapti. Aynan şu tadbir fonida dunyoning eng qudratli siyosiy yetakçilaridan uçtasi bir joyga töplanmoqda.

18-noyabr holatiga köra, Putin va Si Szinpin alohida uçraşuv ötkazdi, Tramp esa Xitoyga yetib keldi. Xitoy raisi AQŞ prezidentini aeroportda şaxsan kutib oldi. Ularning qisqa quçoqlaşib körişgani ham xalqaro OAV e’tiborini tortdi. Uç tomonlama muzokaralar esa 19-noyabrga rejalaştirilgan.
Xitoyda aynan nima bölyapti
Şençjen hozir nafaqat APEC sammiti, balki yirik diplomatik uçraşuvlar markaziga aylangan. Xitoy bu tadbir orqali özini xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi muhim vositaçi sifatida namoyon etişga harakat qilmoqda.
APEC – Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi forumi bölib, 1989-yilda taşkil etilgan. Uning tarkibiga 21 ta iqtisodiyot kiradi. Ular orasida AQŞ, Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Kanada, Meksika, Avstraliya va boşqa davlatlar bor. Forum jahon yalpi içki mahsulotining qariyb 62 foizini hamda global savdoning deyarli yarmini qamrab oladi.

APEC doirasida davlat rahbarlari va hukumat vakillari savdo, investitsiya, texnologiyalar, sun’iy intellekt, ta’minot zanjirlari va energetika masalalarini muhokama qilmoqda.
Sammitda Kanada boş vaziri Mark Karni, Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum, Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi, Vyetnam rahbari To Lam, Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon va boşqa yetakçilar ham qatnaşmoqda. Tinç okeani mintaqasidagi 21 iqtisodiyot vakillari iştirok etayotgan tadbirda biznes doiralari vakillari ham bor.
Xitoy raisi Si Szinpin 18-noyabr kuni APEC biznes sammitida çiqiş qilib, erkin savdo, oçiq bozorlar, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni kuçaytirişga çaqirdi. U proteksionizm va bir tomonlama savdo çeklovlariga qarşi çiqdi.
Bu bayonotlar Tramp ma’muriyatining Xitoy mahsulotlariga tariflar joriy etişi va ilğor texnologiyalar eksportini çeklaşi fonida yangradi.
Uç yetakçi nimani közlamoqda
Uç tomonlama uçraşuvning eng muhim jihati, har bir rahbar muzokaralardan öziga kerakli natijani olişga intilmoqda.
AQŞ prezidenti uç davlat örtasida yadroviy qurollarni nazorat qiliş böyiça yangi kelişuvga erişişni istamoqda. Trampning maqsadi Rossiya va Xitoyni ham qamrab oladigan kengroq bitimni muhokama qilişdan iborat.

Buning uçun asos ham bor: AQŞ va Rossiya örtasidagi strategik yadroviy qurollarni çeklaşga oid New START şartnomasi 2026-yil fevralida öz kuçini yöqotdi. Natijada yarim asrdan ortiq vaqt davomida amal qilib kelgan yadroviy arsenallar ustidan ikki tomonlama çeklovlar tizimi tugadi.
Tramp yangi kelişuvga Xitoyni ham qöşişni xohlaydi. Biroq Pekin hozirça bunday muzokaralarga katta qiziqiş bildirmayapti. Sababi Xitoyning yadroviy arsenali AQŞ va Rossiyanikidan ança kiçik.
AQŞ rasmiylari Tramp uçraşuvda Erondagi uruş masalasini ham kötarişini bildirgan. Bu mavzu, ayniqsa, muhim, çunki Yaqin Şarqdagi mojaro energetika bozori, neft narxlari va xalqaro savdoga ta’sir körsatmoqda.
Vladimir Putin — Rossiyaga qarşi sanksiyalar va Ukraina uruşi
Putin uçun uçraşuv Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlaş imkoniyatidir. Ğarb davlatlarining sanksiyalariga qaramay, Moskva Xitoy bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kengaytirib kelmoqda. Kremlning taşqi siyosat böyiça yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, Rossiya tomoni uçraşuv yakunida qöşma bayonot qabul qilinişiga umid qilmoqda. Buning uçun hujjat loyihasi böyiça diplomatik muzokaralar olib borilmoqda.
Putin 18-noyabr kuni APEC doirasidagi çiqişida Ğarb davlatlarining sanksiyalari va savdo çeklovlarini tanqid qildi. Uning ta’kidlaşiça, bunday çoralar raqib davlatlar iqtisodiyotini töxtatişga qodir emas.
Rossiya rahbari uç tomonlama uçraşuvdan katta foyda kutayotganini ham aytdi.
Si Szinpin — Xitoyning xalqaro ta’sirini kuçaytiriş
Xitoy uçun bu uçraşuvning eng muhim jihati – Pekinning global siyosatdagi vositaçi va muhim muzokara maydoni sifatidagi rolini körsatiş.
Si Szinpin bir tomondan AQŞ bilan savdo va texnologiyalar böyiça kelişmovçiliklarni yumşatişga, boşqa tomondan Rossiya bilan strategik hamkorlikni saqlab qolişga intilmoqda.

Xitoy va Rossiya rahbarlari 2013-yildan buyon 40 martadan ortiq uçraşgan. Ikki davlat energetika, savdo, mudofaa va xalqaro siyosat masalalarida yaqin hamkorlik qilib keladi.
Pekin Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlaş orqali AQŞ bilan muzokaralarda ham öz pozitsiyasini kuçaytirişi mumkin.
Ukraina masalasi ham muhokama qilinadimi
Uç tomonlama uçraşuv atrofidagi eng nozik mavzulardan biri – Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi. Dastlab AQŞ rasmiylari Tramp uç tomonlama muzokaralarda Ukraina masalasini kötarmasligini bildirgan. Vaşington bu yönalişda Kiyev va Moskva bilan alohida muzokaralar olib borayotganini ta’kidlagan.
Biroq keyinçalik Trampning özi Osiyoga safaridan oldin Ukraina masalasini ham muhokama qiliş ehtimolini tilga oldi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa 18-noyabrdagi matbuot anjumanida uç rahbar dunyo tinçligiga taalluqli muhim masalalarni çuqur muhokama qilişini bildirdi. Pekin Ukraina mavzusi kun tartibiga kiritiladimi, degan savolga aniq javob bermadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa uç davlat rahbarlarining uçraşuvi Kiyev iştirokisiz mamlakat taqdiriga oid qarorlar qabul qilinişi uçun maydonga aylanişidan xavotir bildirgan.
Şu sababli uçraşuvning ramziy tomoni ham muhim: Ukraina uruşini tugatiş böyiça kelişuvga erişilmasa ham, uç davlat rahbarlarining bu mavzuda bir stol atrofida gaplaşişi xalqaro siyosatga ta’sir qilişi mumkin.
Nega uçraşuvni Yalta konferensiyasiga qiyoslaşmoqda
Xalqaro OAV va siyosiy tahlilçilar Şençjendagi uçraşuvni 1945-yilda bölib ötgan Yalta konferensiyasi bilan qiyoslamoqda.
Öşa paytda AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt, Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill va Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalin Ikkinçi jahon uruşidan keyingi dunyo tartibini muhokama qilgan. Uçraşuvda Yevropadagi hududiy va siyosiy masalalar, jumladan, Germaniya va Berlinning kelajagi böyiça kelişuvlar şakllangan.
Şençjendagi uçraşuv ham dunyoning uçta yirik yadroviy davlati rahbarlarini bir joyga töplaşi sababli şu tarixiy voqeaga qiyoslanmoqda. Ayrim davlatlar, ayniqsa, Yevropa va Osiyodagi kiçikroq mamlakatlar, yirik davlatlar özaro kelişib, boşqa mamlakatlar manfaatlarini çetga surib qöyişidan xavotirda.
Biroq bu ikki uçraşuvni aynan bir xil deb bölmaydi. Hozirça Şençjenda hududlarni qayta taqsimlaş yoki boşqa davlatlar taqdirini belgilaş böyiça kelişuv tayyorlanayotgani haqida dalil yöq. Kreml ham Yalta bilan qiyoslaşlarni rad etgan.
Tramp Xitoyga kimlar bilan bordi
AQŞ prezidentining safarida Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask ham qatnaşmoqda. Biroq Oq uy ma’lumotiga köra, u Tramp, Si Szinpin va Putin örtasidagi uç tomonlama muzokaralarda iştirok etmaydi.
AQŞ delegatsiyasi safar davomida Xitoy bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni muhokama qiladi. Şu bilan birga, ilğor çiplar eksportiga qöyilgan çeklovlar böyiça muzokaralar bölişi kutilmayapti. Vaşington bu masalani milliy xavfsizlik bilan boğliq deb hisoblaydi.
Tramp Xitoyga kelişidan avval Filippinda bölib, mamlakat bilan mudofaa hamkorligini kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan. Bu esa Pekin bilan Vaşington örtasidagi mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamon keskinligiça qolayotganini körsatadi.
Uçraşuvdan qanday natija kutilmoqda
Hozirça uçraşuv yakunida yirik xalqaro bitim imzolanişi yoki muayyan uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişilişi kutilayotgani haqida rasmiy tasdiq yöq.
Associated Press tahlilçilar fikriga tayanib, uçraşuvning amaliy natijalaridan köra ramziy ahamiyati kuçliroq bölişi mumkinligini qayd etmoqda. Ayniqsa, Xitoyning yadroviy qurollar böyiça kelişuvga qöşilişiga erişiş qiyin.
Şunga qaramay, uçraşuvning özi muhim siyosiy voqea hisoblanadi. Çunki AQŞ, Rossiya va Xitoy rahbarlari birgalikda xalqaro xavfsizlik, yadroviy qurollar, savdo va mintaqaviy mojarolarni muhokama qilişi global kuçlar muvozanatiga ta’sir körsatişi mumkin.
Avvalroq AQŞ muzokaraçilari Ukrainaga Donbassdan çiqiş evaziga NATOga a’zolik ehtimolini muhokama qilişni taklif etgandi.