Özbekiston fuqarosi Gruziyadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi

eʼlon qilindi
Gumonlanuvçi xalqaro qidiruvda bölgan
Foto: Qozoğiston Boş prokuraturasi

Özbekiston fuqarosi transmilliy uyuşgan jinoiy guruh tarkibida qöşmaçilik bilan şuğullanganlikda gumonlanib, Gruziyadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi. U internetdagi «Kyzdar.net» sayti orqali jinsiy xizmatlar reklamasini tarğib qiliş va buning uçun tölovlarni yiğişda iştirok etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qozoğiston Boş prokuraturasi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga köra, ayol boşqa guruh a’zolari bilan birgalikda fohişalik va boşqa jinsiy xizmatlar körsatuvçi şaxslardan saytda joylaştirilgan profillarini töldiriş hamda reklama qiliş uçun buyurtmalar qabul qilgan.

Guruh a’zolari kelib tuşgan pullardan komissiya uşlab qolib, qolgan mablağni sayt taşkilotçilariga ötkazib turgan. Şu tariqa ular noqonuniy qöşmaçilik sxemasining işlaşini ta’minlagan.

Gumonlanuvçi xalqaro qidiruvda bölgan

Qozoğiston Boş prokuraturasi ma’lumotiga köra, jinoiy guruhning ayrim a’zolari allaqaçon sudlanib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. Gumonlanuvçi va boşqa ayrim iştirokçilar esa jinoiy javobgarlikdan qoçib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Joriy yil iyul oyida Özbekiston fuqarosi Gruziya hududida qölga olingan. Qozoğiston Boş prokuraturasi söroviga binoan u mamlakatga ekstraditsiya qilingan. Hozirda gumonlanuvçi tergov hibsxonasiga joylaştirilgan.

Unga qöyilayotgan ayblovlar böyiça 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş va mol-mulkini musodara etiş jazosi nazarda tutilgan.

Avvalroq Birlaşgan Arab Amirliklaridan xalqaro qidiruvda bölgan Özbekistonning olti nafar fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilingandi.

Shuningdek