Mirziyoyev «Yaşil makon»dagi kamçiliklarni tanqid qildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi kökalamzorlaştiriş işlarini tanqid qildi. Bahorgi mavsumda ekilgan köçatlarning qariyb uçdan biri nobud bölgani, ayrim ekilmagan köçatlar esa hisobotlarga kiritilgani qayd etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
18-noyabr kuni Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini takomillaştiriş böyiça yiğiliş ötkazildi.
Köçatlar soni emas, yaşab qolişi muhim
Yiğilişda «Yaşil makon» loyihasining kuzgi ekiş mavsumi 8-noyabrdan boşlanganiga qaramay, Toşkent şahri, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi işlar qoniqarsiz ekani ta’kidlandi.
Bahorgi mavsumda ekilgan köçatlarning qariyb uçdan biri qurib qolgan. Şuningdek, ayrim hududlarda ekilmagan köçatlar ham hisobotlarga kiritilgani qayd etildi.
Mirziyoyev kökalamzorlaştirişda asosiy mezon ekilgan daraxtlar soni emas, balki ularning uzoq muddat yaşab, ösişi bölişi kerakligini ta’kidladi.
Şu sababli hududning iqlimi va tuproq şaroitiga mos, qurğoqçilik, issiq va şörlanişga çidamli daraxtlarni tanlaş, ularni suğoriş va parvarişlaş tizimini yölga qöyiş böyiça topşiriqlar berildi.
Mahalliy şaroitga mos ösimliklardan foydalaniş va köçat yetiştiruvçi pitomniklarni rivojlantiriş ham belgilandi. Suvni köp talab qiladigan maysazorlar örniga tojixöroz, rayhon, jambil va mahalliy butalardan foydalaniş taklif qilindi.
Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida uç tup daraxt ekiş, mavjud yaşil hududlarni saqlaş va joriy yilda ekilgan köçatlarning kamida 90 – 95 foizini saqlab qoliş vazifasi qöyildi.
Yangi Toşkent qurilişida nazorat kuçaytiriladi
Yiğilişda Yangi Toşkentdagi quriliş va investitsiya loyihalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bir oy avval davlat rahbari Yangi Toşkentda amalga oşirilayotgan işlarni har oy tahlil qilib boriş böyiça topşiriq bergan edi. Ötgan hafta esa investorlar va tadbirkorlar uçun qöşimça imtiyozlar hamda yangi taşkiliy mexanizmlarni joriy etiş böyiça hujjat qabul qilindi.
Endilikda investitsiya loyihalari kundalik va manzilli nazorat qilinadi. Quriliş maydonlari hamda investorlar uçun zarur şaroitlar Yangi Toşkent direksiyasi orqali markazlaşgan holda taşkil etiladi.
Elektr energiyasi, içimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va yöllar qurilişi ham obyektlarni foydalanişga topşiriş bilan bir vaqtda tayyor bölişi kerak.
Yangi Toşkent faqat turarjoylardan iborat bölmaydi
Prezident Yangi Toşkentni faqat uy-joylar quriladigan hududga aylantirmaslik kerakligini ta’kidladi.
Hududlarda biznes va savdo markazlari, mehmonxonalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, madaniyat va sport obyektlari, parklar hamda boşqa jamoat joylari barpo etilişi kerak.
Har bir bino yagona me’moriy konsepsiya va «yaşil bino» talablariga mos bölişi lozim. Hududlarning zamonaviy arxitektura, xalqaro brendlar, parklar va jamoat makonlarini yaratiş böyiça raqobatini kuçaytiriş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, viloyatlarga biriktirilgan hududlarda infratuzilmani rivojlantiriş böyiça alohida dasturlar işlab çiqiladi.
Yiğiliş yakunida Yangi Toşkent qurilişi va «Yaşil makon» loyihasi böyiça mas’ullarga tegişli vazifalar belgilandi.
Avvalroq Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilgani haqida xabar berilgandi.