Namanganga 2027-yilda $7-8 mlrd xorijiy investitsiya jalb etiş rejalaştirilmoqda

eʼlon qilindi
10 ming yoşni Yaponiya va Germaniyada işga tayyorlaş topşirildi
Namanganga 2027-yilda $7–8 mlrd xorijiy investitsiya jalb etiş rejalaştirilmoqda
Foto: prezident matbuot xizmati

Namangan viloyatida 2027-yilda iqtisodiyotni 9,5% ga östiriş, xorijiy investitsiyalar hajmini $7-8 mlrd, eksportni esa $1,3 mlrdga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.

2026-yil yakunida viloyatga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar $5,4 mlrd, eksport hajmi esa $1,2 mlrdga yetişi kutilmoqda.

Kelgusi yilgi maqsadlarga erişiş uçun umumiy qiymati $5,4 mlrdlik yangi investitsiya takliflari şakllantirilgan. Prezident ularni aniq loyihalarga aylantiriş, investorlarga zarur şaroit yaratiş va taşabbuslar ijrosini nazorat qiliş böyiça topşiriqlar berdi.

Namangan aeroportida yangi terminal qurilmoqda

Foto: prezident matbuot xizmati

Namangan xalqaro aeroportini kengaytiriş va zamonaviylaştiriş doirasida soatiga 1,2 ming yölovçiga xizmat körsatadigan yangi terminal barpo etilmoqda.

Şuningdek, yiliga 21,2 ming tonna yuk qabul qiliş quvvatiga ega kargo infratuzilmasi taşkil etilişi közda tutilgan.

Sanoatda $535 mlnlik uçta yirik loyiha amalga oşiriladi

Çust tumanida $260 mlnlik töqimaçilik böyoqlari işlab çiqariş, $150 mlnlik çiqindidan elektr energiyasi oliş va $125 mlnlik bazaltdan issiqlik saqlovçi materiallar tayyorlaş loyihalari amalga oşirilmoqda.

Pop tumanida kumuş konsentrati, Yangi Namanganda esa farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Yangi Namangan şaharçasida zamonaviy IT-park binosi qurilib, unda önlab texnologik korxonalarni joylaştiriş ham közda tutilgan.

Yangi Namanganda 50 ming xonadon quriladi

Yangi Namangan şaharçasida 50 ming xonadonga möljallangan turarjoylar, ijtimoiy va xizmat körsatiş obyektlarini barpo etiş loyihasi amalga oşirilmoqda.

Qişloq xöjaligida esa viloyatdagi 183 ming gektar yer salohiyatidan samarali foydalaniş, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş va agrosanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş vazifalari belgilandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Töraqörğonda 70 ming boş qöyga möljallangan klaster, Kosonsoyda esa 25 ming boş qoramolga möljallangan yirik çorvaçilik majmuasi taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.

10 ming yoşni Yaponiya va Germaniyada işga tayyorlaş topşirildi

Viloyatda 786 ming nafar yoş borligi qayd etildi. Ularni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga öqitiş hamda içki va taşqi mehnat bozorlarida iş bilan ta’minlaş böyiça vazifalar belgilandi.

Mas’ullarga 2027-yilda 10 ming nafar yoşni Yaponiya va Germaniyada yuqori daromadli iş örinlarida işlaş uçun maqsadli til va kasbiy tayyorgarlikdan ötkaziş topşirildi.

Şuningdek, viloyat aholisi örtaça daromadini 9,6 mln sömga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Mirziyoyev «Yaşil makon»dagi kamçiliklarni tanqid qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek