Özbekiston va Afğoniston Hayraton — Mozori Şarif yönalişida poyezdlar qatnovini köpaytiradi

Özbekiston va Afğoniston Hayraton – Mozori Şarif temir yöl yönalişida poyezdlar qatnovini köpaytirişga kelişib oldi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» ma’lum qildi.
18-noyabr kuni kompaniya boşqaruvi raisi Zufar Narzullayev Afğoniston temir yöllari boşqarmasi rahbari Mavlaviy Abdul Karim Fotih bilan uçraşdi. Tomonlar temir yöl sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Naybobod bekati rivojlantiriladi
Uçraşuvda joriy yilda ikki davlat örtasidagi yuk taşiş hajmi sezilarli oşgani qayd etildi. Tomonlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, Naybobod bekatini belgilangan muddatlarda rivojlantiriş va temir yöl tarkiblarining sutkalik umumiy aylanmasini kengaytiriş böyiça kelişib oldi.
Şuningdek, Mozori Şarif yönalişida yuk taşiş hajmini oşiriş maqsad qilingan.
Afğonistonlik mutaxassislar tayyorlanadi
Kelişuvlar doirasida Afğoniston temir yöl sohasi mutaxassislarini tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş işlari ham yölga qöyiladi.
Avvalroq Özbekiston, Qozoğiston va BAA Markaziy hamda Janubiy Osiyoni Afğoniston orqali boğlaydigan temir yöl yölagi böyiça hamkorlik memorandumini imzolagan edi.
Şuningdek, 7-noyabrdan «Özbekiston temir yöllari» Afğonistonga yönaltiriladigan yuklarni Termizga yetkazib beriş uçun qöşimça yiğimlarni joriy qilgan. Tölov miqdori yuk turi va taşiş masofasiga qarab belgilanadi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Toşkentda endi poyezd va metro bir bekatda ulanişi haqida yozgan edi.