Kömirni qanday xarid qiliş mumkin

eʼlon qilindi
Fuqarolar kömir xarid qiliş uçun mycoal.uz portali yoki uning mobil ilovasida röyxatdan ötişlari kerak
Foto: xtrekx /www.depositphotos.com

Özbekistonda aholi kömirni maxsus elektron portal yoki uning mobil ilovasi orqali xarid qilişi mumkin. Fuqarolar öz hududidagi yetkazib beruvçilardan kömirning narxi va sifatiga qarab buyurtma beriş imkoniyatiga ega. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Fuqarolar kömir xarid qiliş uçun mycoal.uz portali yoki uning mobil ilovasida röyxatdan ötişlari kerak.

Şundan söng öz hududidagi tadbirkorlarning takliflari bilan tanişib, narxi va sifati böyiça eng maqbulini tanlaşi hamda buyurtma berişi mumkin.

Xaridor kömirni uyiga yoki boşqa manzilga yetkazib beriş xizmatidan foydalanişi yoxud umumiy tarqatiş punktidan mustaqil olib ketişi mumkin. Tarqatiş punktlarining aniq manzili va yetkazib beriş muddatlari portalda körsatiladi.

Hududlardagi kömir yetkazib beruvçi tadbirkorlar röyxati Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari tomonidan şakllantiriladi.

Kömir narxini kim belgilaydi

2026-yil 1-iyundan boşlab Özbekistonda kömir narxlarini davlat tomonidan tartibga soliş amaliyoti bekor qilingan. Mahalliy işlab çiqaruvçilarning kömiri tovar-xomaşyo birjalari orqali bozor narxlarida sotiladi.

Aholi va budjet taşkilotlarini kömir bilan barqaror ta’minlaş uçun birjada alohida savdo maydonçasi taşkil etilgan. Şuningdek, ular uçun yetkazib beriladigan mahalliy kömirni temir yöl orqali taşişda yagona tarif qöllanadi.

Kömir narxi nazorat qilinadimi

Kömir narxlari erkin şakllanişiga qaramay, ular ustidan nazorat saqlanib qoladi.

Raqobat qömitasi bozorda ustun mavqega ega korxonalar kömir narxini asossiz oşirmasligini hamda aholiga kömir yetkazib beruvçi tadbirkorlar birjadan xarid qilingan mahsulotga ortiqça ustama qöymasligini nazorat qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda elektr energiyasi, tabiiy gaz va kömir xarajatlari böyiça kompensatsiya hamda moddiy yordam olişda oilalarning ehtiyojmandligini aniqlaş mezonlari yumşatilişi xabar qilingandi. Yangi tartibga köra, oiladagi jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromad böyiça çegara bir qator yönalişlarda minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravarigaça oşiriladi.

Shuningdek