Blogerlarning reklama kontentlari nazoratga olinmoqda

eʼlon qilindi
Bloger, vayner va influenserlar orasida reklama qonunçiligiga rioya etilişini kuçaytiriş maqsadida Raqobat qömitasi tomonidan ular bilan uçraşuvlar ötkazilmoqda
Foto: raqobat.gov.uz

Raqobat qömitasi bloger, vayner va influenserlar orasida reklama qonunçiligiga rioya etilişini kuçaytiriş maqsadida ular bilan uçraşuvlar ötkazmoqda. Joriy yilning ötgan davrida 20 dan ortiq profilaktik uçraşuvlar taşkil etilgan. Bu haqda qömita ma’lum qildi.

Foto: raqobat.gov.uz

Kontent yaratuvçilarga «Reklama töğrisida»gi Qonun talablari tuşuntirildi

Foto: raqobat.gov.uz

Uçraşuvlarda ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylaştiradigan kontent yaratuvçilarga «Reklama töğrisida»gi Qonun talablari tuşuntirildi. Ularda onlayn savdo, sayohat, ta’lim, tibbiyot, umumiy ovqatlaniş, sport va köngiloçar yönalişlarda reklama kontenti yaratuvçi bloger hamda influenserlar qatnaşdi.

Reklamadagi tavsiyalar ham qonun talablariga mos bölişi kerak

Foto: raqobat.gov.uz

Qömita ma’lumotiga köra, mahsulot yoki xizmatni reklama qilişda uning xususiyatlari, sifati va imkoniyatlari haqida matn, foto, video yoki jonli efir orqali beriladigan ma’lumotlar qonun talablariga mos bölişi kerak.

Şuningdek, köngiloçar va yumoristik kontent içidagi reklama, şaxsiy tavsiyalar hamda tijorat maqsadida joylaştiriladigan materiallarning huquqiy jihatlari muhokama qilingan.

Avvalroq 12 nafar bloger reklama qoidalarini buzgani uçun javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek