Özbekistonda banklar naqd pulni elektron tarzda taqsimlaydi

Özbekistonda banklarni naqd pul bilan ta’minlaş, aholi va tadbirkorlarga naqd pul beriş hamda banknot va tangalarni muomalaga çiqariş tartibi belgilandi. Tegişli yöriqnoma Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi.
Banklar örtasida naqd pul taqsimoti «Naqd pullarning elektron maydoni» dasturi orqali amalga oşiriladi.
Ortiqça naqd pulga ega banklar boşqa banklarga mablağ taklif qiladi. Naqd pulga ehtiyoji bölgan banklar esa elektron talabnoma yuboradi. Naqd pullar banklar örtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkazib beriladi.
Banklar har oy naqd pul kirimi va çiqimi böyiça prognoz tayyorlaydi. Uşbu ma’lumotlar oy boşlanişidan kamida uç bank iş kuni oldin elektron şaklda taqdim etilişi kerak.
Banknot va tangalarga qanday talablar qöyiladi
Muomalaga çiqariladigan banknot va tangalarda ularning nominal qiymati, Markaziy bank nomi, pul dizayni va namunasi tasdiqlangan yil, Özbekiston davlat gerbi yoki bayroği tasviri bölişi şart.
Şuningdek, pullar bir-biridan oson farqlanadigan ölçam va ranglarga hamda qalbakilaştirişdan himoyalovçi elementlarga ega bölişi kerak.
Eslatib ötamiz, endilikda Özbekistonda iş haqini istalgan bank kartasiga oliş mumkin. Buning uçun alohida karta oçiş yoki yangi tizimda röyxatdan ötiş talab etilmaydi. Markaziy bankning Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali işlaydigan uşbu mexanizmning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan.