Tramp va Putin rasmiy jadvaldan taşqari 42 daqiqa suhbatlaşdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida ötayotgan APEC sammiti doirasida kutilmagan alohida uçraşuv ötkazdi.
Reuters ma’lumotiga köra, suhbat APEC konferensiya markazidagi alohida xonada bölib ötgan va 42 daqiqa davom etgan. Uçraşuv oldindan e’lon qilingan rasmiy jadvaldan taşqari taşkil qilingan.
Tramp bilan birga AQŞ moliya vaziri Skott Bessent va Oq uy apparati rahbari Stiven Miller ham uçraşuvda qatnaşgan.
Tramp Putinni «döstim» deb atadi
Kameralar zalga kiritilgan qisqa vaqt davomida Tramp Putin bilan qöl berib körişgan va uni özining uzoq yillik tanişi sifatida ta’riflagan.
«U mening döstim. Biz köp yillardan beri yaxşi munosabatdamiz va bir-birimizni uzoq vaqtdan beri bilamiz», – dedi Tramp.
AQŞ prezidenti uçraşuvdan «köplab yaxşi natijalar» çiqişi mumkinligini ham aytgan. Şundan söng jurnalistlar xonadan çiqarilgan. Reuters ma’lumotiga köra, kameralar Tramp kirganidan 58 soniya ötib zalni tark etgan.
Nimalar muhokama qilingani hozirça oçiqlanmadi
Tramp va Putin örtasidagi 42 daqiqalik yopiq suhbatda aynan qaysi masalalar muhokama qilingani hozirça rasman ma’lum qilinmagan.
Uçraşuv arafasida Kreml Tramp va Putin APEC sammiti doirasida uçraşişini, biroq bu töliq kölamli ikki tomonlama muzokara bölmasligini bildirgan edi. Rossiya prezidentining taşqi siyosat böyiça yordamçisi Yuriy Uşakov tomonlardan bir neça rasmiy şaxs iştirok etişini aytgan.
APEC sammitidagi kengroq muzokaralarda esa Ukrainadagi uruş, Eron, yadroviy qurollarni nazorat qiliş, savdo va boşqa xalqaro masalalar kun tartibiga çiqişi kutilmoqda. Ammo aynan Tramp – Putin yopiq uçraşuvida şu mavzular muhokama qilinganini hozirça tasdiqlovçi rasmiy ma’lumot yöq.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Tramp, Putin va Si Szinpin qaysi masalalarda gaplaşgani haqida yozgan edi.