Yangi banknot haqida aholi bir hafta oldin xabardor qilinadi

eʼlon qilindi
Banklar naqd pul berişni rad etmasligi kerak
Foto: Depositphotos

Özbekistonda yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida bir hafta oldin bu haqda aholiga xabar berilişi belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi davlat röyxatidan ötkazgan yöriqnomada nazarda tutilgan.

Unga köra, muomalaga çiqariladigan banknot va tangalardagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yozilişi belgilandi. Şuningdek, aholining naqd pul oliş huquqi kafolatlanib, banknot va tangalarni bepul ayirboşlaş tartibi belgilandi.

Tegişli yöriqnoma Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-noyabrda 3977-raqam bilan davlat röyxatidan ötkazildi.

Pullarning dizayniga qanday talablar qöyildi

Banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozuvdagi ifodasi, barça turdagi tölovlar uçun qabul qilinişi majburiyligi hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik töğrisidagi yozuvlar bölişi kerak.

Pullarning dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalari va mamlakat yutuqlarini aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniladi.

Şuningdek, banknot va tangalar inson salomatligi uçun xavfsiz xomaşyodan tayyorlanişi hamda zamonaviy himoya elementlariga ega bölişi şart.

Banklar naqd pul berişni rad etmasligi kerak

Banklar aholi va tadbirkorlarning hisobvaraqlaridagi mablağlari doirasida naqd pulga bölgan talabini birinçi talab böyiça uzluksiz qondirişi şart.

Şuningdek, banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati böyiça tösiqlarsiz qabul qilişi kerak.

Banklar mijozlarning naqd pulga bölgan ehtiyojini va bankomatlardagi pul aylanmasini muntazam tahlil qilib boradi. Naqd pul yetişmasligi kutilganda qöşimça mablağ jalb etiş çoralari köriladi.

Banknot va tangalarni bepul ayirboşlaş mumkin

Markaziy bank va tijorat banklari fuqarolarning talabiga köra bir nominaldagi pullarni boşqa nominaldagi pullarga bepul ayirboşlab berişi kerak. Bunda heç qanday tölov yoki vositaçilik haqi undirilmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq banklar naqd pulni elektron tarzda taqsimlaşi haqida xabar berilgandi. Ortiqça naqd pulga ega banklar boşqa banklarga mablağ taklif qiladi. Naqd pulga ehtiyoji bölgan banklar esa elektron talabnoma yuboradi. Naqd pullar banklar örtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkazib beriladi.

Shuningdek