Tojikistondagi elektr tarmoği avariyasi sabab Farğona vodiysida çeklovlar joriy etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Elektr uzatiş avtomatik ravişda töxtagan
Tojikistondagi elektr tarmoği avariyasi sabab Farğona vodiysida çeklovlar joriy etiladi
Foto; Energetika vazirligi

Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida avariya yuz berişi sabab Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minotiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Hodisa 19-noyabr kuni soat 06:19 da Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi uzatuvçi L-503 tarmoğida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, noqulay ob-havo ta’sirida murakkab relyefli hududda joylaşgan elektr uzatiş liniyasi tayançlaridan biri qulagan.

Elektr uzatiş avtomatik ravişda töxtagan

Foto: Energetika vazirligi

Tayanç qulaganidan söng avtomatik himoya tizimi işga tuşgan va L-503 tarmoği orqali elektr energiyasi uzatilişi vaqtinça töxtagan.

Natijada Farğona vodiysidagi ayrim iste’molçilarning elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilgan.

Ayni paytda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari va avariya-tiklaş brigadalari hodisa joyiga safarbar etilgan.

Ta’mirlaş işlari Tojikistonning tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Ayrim hududlarda vaqtinçalik çeklovlar böladi

Energetika vazirligiga köra, avariya oqibatlari töliq bartaraf etilgunga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etiladi.

Vazirlik Farğona vodiysiga elektr energiyasi boşqa tarmoqlar orqali ham yetkazib berilişini qayd etdi.

Jumladan, Farğona viloyatiga Toşkent viloyatidagi «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasidan çiquvçi 500 kVli L-524 tarmoği orqali ham elektr energiyasi uzatiladi.

Energetika vazirligi vaziyat nazoratda ekanini bildirib, elektr ta’minotini imkon qadar tez tiklaş böyiça barça zarur çoralar körilayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq «Kursiv» Özbekiston gaz importini 50 foizga oşirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek